SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
Faylasuf Nikolay Fyodorovich Fyodorov tavallud topgan kun
1829-06-07

Knyaz Pavel Ivanovich Gagarinning nikohsiz o’g’li Nikolay Fyodorovich Fyodorov 7 iyun 1829  yilda Tambov guberniyasining  Klyuchi qishlog’ida tug’ilgan. Knyaz oilasi uning o’qishi uchun pul to’lab turgan. Tombov gimnaziyasini tugatgandan so’ng Odessadagi Rishelye litseyini yuridik fakultetiga o’qishga kirdi. U yerda faqat uch yilgina o’qidi. Nikolay Fyodorov Rossiyaning turli shaharlarida geografiya va tarixdan dars berdi. U 1867 yilda piyoda Moskvaga borib,vaqtinchalik ishlarda ishlab yurdi. 1869 yilda Chertkov kutubxonasiga kutubxonachining yordamchisi bo’lib ishga kiradi. 1874 yil Rumyanseva muzeyiga kutubxonachi bo’lib ishga joylashdi. Umrining oxirgi yillarida Moskva tashqi ishlar vazirligi arxivining o’quv zalida kutubxonachi bo’lib ishladi. Rumyansev muzeyida Fedorov birinchi kitoblarning sistemali katalogini tuzdi. Fedorovning falsafiy fikrlari F.M.Dostevskiy, L.N.Tolstoy, V.S.Solovyovlarda katta qiziqish uyg’otdi; ular bilan K.E.Siolkovskiyning ilmiy-falsafiy g’oyalari uzviy bog’liq bo’lgan. Fyodorov A.P.Platonov va N.A.Zabolotskiylarning adabiy ijodlariga ta'sir ko’rsatgan. Uning hayotida va falsafasida kutubxonalar muhim o’rin tutgan. Fyodorov ideal darajasidagi kutubxonachi bo’libgina qolmasdan, balki yuqori malakali bibliograf, avvalombor kitoblarning faylasufi edi. N.Fyodorov 1903 yil 28 dekabrda qattiq shamollash oqibatida vafot etadi. Moskvada N.F.Fyodorov Muzey-kutubxona ishlab turibdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan