SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Jarroh Nikolay Nilovich Burdenko tavallud topgan kun
1876-06-03

1876 yil 3 iyunda Kamen Nijnelomovskning Penza uyezdida ruhoniylar oilasida Nikolay Burdenko dunyoga keldi. Kolya besh yoshligida ota-onasiz maktabga chiqdi. Darsga kelgan o’quvchini  ko’rgan o’qituvchi hali o’qishga ulgurasan deb uni darhol orqaga qaytaradi. Shunday bo’lsa ham u har kuni maktabga kelaberdi.Uni qaysarligini ko’rgan maktab direktori o’qishga ruxsat beradi. Qishloq maktabini muvaffaqiyatli bitirib, Penzaga keladi. Bu yerda diniy seminariyani, so’ng Peterburg diniy akademiyasini a'lo baholarga bitiradi. Shundan so’ng Tomsk shahriga kelib, universitetning meditsina fakultetiga o’qishga kiradi. Uning birinchi klinik eksperimental ishlari jigar faoliyatiga, o’n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezi, oshqozon a'zolariga bag’ishlangan. Nikolay Nilovich 1932 yilda xirurglar jamiyati boshqarmasi raisi, 1934 yilda Neyraxirurgiya ilmiy kengashining raisi, 1937 yilda narkomzdrav ilmiy tibbiyot kengashining olimi, 1940 yilda Xarbiy sanitar bosh boshqarmasi  negizida tibbiyot ilmiy kengashining a'zosi bo’lgan. Akademik Burdenka bir necha mamlakatlarning xirurgiya jamiyatining a'zosi bo’lib saylangan; u Butunjahon jarrohlar jamiyati, London qirollik jamiyati, Parij jarroxlar akademiyasining fahriy a'zosi bo’lgan. 1946 yil 11 noyabrda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan