SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Mashhur sayyoh elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy tavallud topgan kun
1413-11-07

To'liq ismi Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Ishoq Samarqandiy (1413 7.11-1482, Hirot) mashhur sayyoh, elchi va tarixchi. Tafsir, hadis, tarix, til va adabiyot fanlarini puxta egallagan. Hayotining ko'p davri Samarqandda o'tgani uchun Samarqandiy nomini olgan. A. Samarqandiy-arab tili grammatikasiga bag’ishlangan “Risolai Azudiya”ga sharh yozadi. Shohrux saroyida diplomatik yozishmalarni olib borishda qatnashadi, elchilar boshlig'i sifatida 1442-1444 yillarda Hindiston janubidagi Kalikut, Xinovar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijayanagar rojaligiga borib keladi. 1446-1447 yillarda Shohrux uni diplomatik topshiriq bilan Gilonga jo'natadi. U hayotining keyingi davrlarida Abulqosim Bobur saroyida xizmat qildi. Boburning Mozandaronga (1453), so'ngra Samarqandga (1454) qilgan yurishlarida qatnashdi. 1463 yil Abu Said Mirzo A. Samarqandiyni Hirotdagi Shohruxiya xonaqosiga shayx etib tayinlaydi. A. Samarqandiy Movarounnahr va O'rta Sharq mamlakatlarining 14-15 asrlardagi tarixiga oid boy ma'lumotlarni o'zida jam qilgan "Matlai sa'dayn va majmai bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo'shilish joyn”) nomli tarixiy asari bilan mashhur (1467-1469 yillarda fors tilida yozilgan). Asarning tanqidiy matni ilmiy izohlar bilan 1960 va 1969 yillarda Toshkentda bosilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan