SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Butunrossiya Ko’zi ojizlar jamiyati barpo etilgan kun
1923-09-08

Dunyo tarixiga nazar tashlasak insoniyat yaratilgan davrdan boshlab turli tuzumlarni bosqichma-bosqich boshidan o’tkazdi. Jumladan, har bir dunyoga kelgan inson ongi va dunyoqarashi kengayib, uning yashash sharoiti ham takomillashib boravergan. Dunyo aholisi son jihatdan asrdan-asrgacha tobora ko’payib borgan. Sog’lom kishilar qatorida ko’rish qobilyati cheklangan kishilar ham dunyoga kelgan. Eramizgacha VI-VII asrlarda yashab ijod qilgan buyuk Xitoy olimi va faylasufi Konfutsiy (551-479) ko’zi ojizlarning xotirasi kuchliligi va boshqalarga nisbatan yaxshililigiga birinchi bo’lib e’tibor qaratgan.  Fransiyalik Valentin Gayun  ko’zi ojizlarga yozish va o’qishni o’rgatishga kirishgan. U o’z davrining yetuk bilimdoni bo’lishi bilan birga Fransiya davlatining amaldorlaridan edi. Valentin Gayun 1784 yilda Fransua Lazuyer ismli ko’zi ojiz bolani yozish va o’qishga o’rgatib, erishgan muvaffaqiyatlarini Qirol Lyudovik XVI ga namoyish etishga erishdi. U bir yildan keyin  24 nafar ko’zi ojiz bolalarning savodini chiqargan. Valentin Gayun barmoqlarga sezilarli bo’rtma chiziqli harflarni o’ylab topadi va 1786 yilda birinchi maktabni ochadi. Ko’z nuridan bebahra insonlar o’qiydigan hozirgi bo’rtma nuqtali yozuvning asoschisi Fransuz Lui Lyudovik Brayl 16 yoshida, ya’ni 1825 yilda brayl shiriftini yaratadi.  Lui tinmay o’z ishini davom ettirib, bir guruh ko’zi ojizlarning say-harakatlari bilan 1837 yilda “Fransiya davlatining qisqacha tarixi” nomli kitobini chop etishga erishgan. 1887 yilda brayl yozuvi ko’pchilik davlatlarda yakka tizim sifatida qabul qilinadi. Lui Brayl kashf etgan yozuvi ko’zi ojizlarimiz uchun alifbo sifatida 1878 yilda tan olinib, hozirgi kungacha xizmat qilib kelmoqda. 1923 yilning 8-sentyabrida sobiq Butunrossiya ko’zi ojizlar jamiyati barpo etilgan. 1926 yil yanvar oyida sobiq ittifoqdosh-hozirgi Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida ham ko’zi ojizlar jamiyatlarini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.  Bu O’zbekistonda dastlabki ko’zi ojizlar uyushmalarining tuzilishini tezlashtirdi. Jumladan, Mahalliy hukumat ko’magida 1926 yil Toshkent va Samarqandda, 1928 yili Buxoroda birinchi boshlang’ich tashkilotlar tuzilgan. Asosan, ular ko’rish qobilyatini yo’qotgan insonlarni hisobga olish, yangi uyushmalar tuzish, umumiy majlislar o’tkazish bilan shug’ullanganlar. 1929 yil O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati tashkil topgan kundan boshlab uning asosiy maqsadi ko’rish bo’yicha nogironlarni ijtimoiy himoyalash, foydali mehnatga jalb qilish, shuning bilan tilanchilik botqog’idan  olib chiqishga qaratildi. Jumladan, bu yerda turli ustaxonalar, choyxona va artellar tuzilgan. Ularda ko’zi ojizlarga poyabzal va kiyim cho’tkalari tayyorlash, tuzlarni qadoqlash, supurgi bog’lash, bo’yra, xalta, keyinchalik poyandoz to’qish hamda ko’rpa-to’shak tikish ishlari o’rgatilgan. Hozirda Respublikamizda ko’rish qobiliyati cheklangan fuqarolarga xizmat ko’rsatuvchi maxsus kutubxonalar tizimini 2 ta respublika, 6 ta viloyat va 59 ta shahar va tuman ko’zi ojizlar kutubxonalari tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda O’zbekiston Ko’zi ojizlar jamiyatiga 36 mingga yaqin ko’zi ojiz nogiron a’zo bo’lib, ular davlat muhofazasidadir. Shulardan 1600 nafarga yaqin o’quvchi umumiy o’rta ta’lim maktablariga jalb qilingan bo’lsa, 1721 nafar o’quvchi mamlakatimizda mavjud 9 ta maktab-internatlarida tahsil olmoqda. O’rta maxsus ta’lim muassasalarida esa 46 nafar o’quvchi,  Oliy ta’lim muassasalarida 114 ta talaba bilim olmoqdalar. O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati dunyo sari yuz tutib, Yevropa, Osiyo ko’zi ojizlar uyushmalari, assambleyalari bilan yaqin aloqa o’rnatgan, Osiyo va Jahon ko’zi ojizlar uyushmalariga teng huquqli a’zo bo’lib qo’shilgan. Jamiyat a’zolarining ta’lim tarbiya olishda, madaniy-ma’rifiy, siyosiy-ommaviy saviyasini oshirishda joylarda ularga xizmat ko’rsatayotgan 43ta klub, 23 ta madaniyat uyi, 118 ta ma’naviyat burchaklari, 76 ta kutubxona, 9 maxsus maktab-internat faoliyati alohida o’ringa loyiqdir. Respublikamizda ko’zi ojiz daholar, ko’zi ojizlar faoliyatining o’tmishi va buguni, shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar faoliyatiga doir bir qator risolalar kutubxona jamg’armasidan o’rin olgan.

Ma’lumot: Mutolaa bayrami. “Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi”.T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan