SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Bastakor, pedagog va dirijyor Reyngold Morisevich Glier tavallud topgan kun
1874-01-11

11 yanvar - O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, pedagog va dirijyor Reyngold Morisevich Glier tavallud (1874-1956) topgan kun

Glier Reyngold Morisevich (1874, Kiev – 1956, Moskva) O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, pedagog va dirijyor. Moskva konservatoriyasini (S.I. Taneyev va M.M. Ippolitov –Ivanov klassi bo‘yicha) tamomlagan (1900). 1913 yildan Kiev konservatoriyasining proffessori va direktori (1914-20). Moskva konservatoriyasining proffessori (1920- 41). Dastlabki baleti “Lolaqizg‘aldoq” (1927,  2-tahririda “Qizil gul”), “Mis chavandoz” (1949) kabi baletlar, ovoz va orkestr uchun konsert, simfoniyalar, romanslar  muallifi. Glier rus mumtoz musiqa an’analarini davom ettirib, o‘z ijodida turli xalqlar (rus, ukrain, оzarbayjon, o‘zbek , buryat-mongol ) musiqa me’rosiga izchil murojaat etgan. U 1920 yillari Ozarbayjonda, 1930- 40 yillari O‘zbekistonda barakali ijod qilib, “Shohsanam” operasi (1927), “Gulsara” (1936, T. Sodiqov  bilan hamkorlikda) musiqali dramasi, T.Sodiqov bilan birgalikda “Layli va Majnun” (1940), “Gulsara” (1949) operalarini yaratgan. Shuningdek, “Alisher Navoiy” filmiga musiqa, o‘zbek kuylari asosida “Tantanali” (1937), “Farg‘onacha bayram” (1940) simfonik uvertyuralari, qator romans va boshqa asarlar ijod etgan. O‘zbek milliy mavzusidagi asarlarida Glier xalq musiqa merosi boyliklaridan unumli foydalangan. Toshkentdagi Respublika o‘rta maxsus musiqa internat maktabi,O‘zRdagi bir necha bolalar musiqa maktablari Glier nomiga qo‘yilgan.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi.T.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan