SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Ingliz fizigi Tomson lord Kelvin Uilyam tavllud topgan kun
1824-06-26

Ingliz  fizigi, termodinamika va gazlar genetikasi nazariyasi asoschilaridan biri  Tomson  lord  Kelvin  Uilyam 1824 yil 26 iyunda Belfast shahrida tug’ilgan. 1851 yildan London Qirollik jamiyati a'zosi va 1890-95 yilda prezidenti bo’ldi. 1845 yilda Kembrij  universitetini tugatgan. Ilmiy xizmatlari uchun 1892 yilda Lord Kelvin unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, matematika va texnikaning turli sohalariga oid. 1845 yilda u tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan. Fizikaga mutloq temperatura va uning nomi- Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termadinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan. Termoelektr hodisalarining termodinamik nazariyasini yaratgan. 1853-54 yillarda J.P.Joul bilan birga Joul-Tomson effektini, 1856 yilda Tomson effektini kashf etgan. 1870 yilda to’yingan bug’ elastikligining suyuqlik sirti shakliga bog’liqligini aniqlagan. Tomsonning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oiddir. Ideal suyuqlikda sirkulyatsiyaning saqlanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan. Tomson ko’pgina kashfiyotlar qilgan; kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, ko’zgu galvanometri va boshqa asboblarni mukammallashtirgan. Transatlantik kabel orqali telegraf aloqani uzatishni amalga oshirishda qatnashgan. Tomson 1907 yil 17 dekabrda Largs, Glasko yaqinida vafot etgan; Vestminstr abbatligida dafn etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan