SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2018
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192022232425
262728293031 
O’zbekiston xalq artisti aktyor va rejissyor Abbos Bakirov tavallud topgan kun
1910-05-16

O’zbekiston  xalq  artisti aktyor va rejissyor Abbos Bakirov 1910 yil 16 mayda Andijon shahrida tavallud topgan. Oz faoliyatini  1931yilda Yo’ldosh Oxunboboyev nomidagi  Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor sifatida boshlagan. Mahkam polvon (“Bog’bon qiz”), Qosim dehqon (“Ontarish”), Muslimboy (“Halima”) va boshqalar uning ilk obrazlaridir. Rustam (“Rustam”), Ferdinand (“Makr va muhabbat”), G’ofir(“Boy ila xizmatchi”), Romeo (“Romeo va Julyetta”) kabi rollarida jo’shqin qalbli, shijoatkor qahramonlar tarzida namoyon bo’lgan. Abbos Bakirov tabiatan qat'iyatli, intiluvchan kishi bo’lgani holda obrazlarga ham shu hislatlarni singdirishga harakat qilgan. Eng yaxshi rollari: Amir Olimxon(“Amirlikning yemirilishi”), Sulton Mahmud (“Abu Ali Ibn Sino”), Abbos (“Ulug’bek yulduzi”), A'zamxon (“Ikki dil dostoni”), Yusufbek hoji (“O’tkan kunlar”) va boshqalar. Insonning shaxsiy kechinmasi bilan e'tiqodi, dunyoqarashini mushtarak tarzda ko’rsatishda, ayniqsa, Yusufbek hoji roli Bakirovni realistik san'atning mohir ustasi ekanligini ko’rsatdi. Rejissyor sifatida 40 dan ortiq spektakl sahnalashtirdi. 1970 yilda Hamza nomidagi O’zbekiston  Davlat mukofoti laureatini olgan. 1974 yil 29 yanvarda vafot etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan