Haykaltarosh Grishchenko Filipp Ivanovich tavallud topgan kun
1915-01-11
Grishchenko
Filipp Ivanovich (1915.11.01, Pavlovka qishlog‘i,
RF – 1985.11.01, Toshkent) – haykaltarosh,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi (1968).Ijodini yog‘och portretlar yaratish bilan boshlagan (“A.Pushkin”,
“Mirzo Ulug‘bek”, 40-yillar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozisiyalar ishlagan.
(“Hunar bilim yurti talabasi”,yog‘och, 1950 va boshqa). Portretlar, maishiy holatlar,
mahobatli bezak haykallar va boshqalar yaratgan.