SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
O'rikzor bozori ro'yxatga olingan kun
1997-09-11

“Karvonbozor” (O'rikzor mavzesi) – yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ulgurji savdo majmuasi. 1997 yil 11 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatga olingan. Majmua 9,5 gektar maydonni egallagan, savdo shoxobchalarning umumiy soni 2228 ta. Bozorda oziq – ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish mollari, santexnika buyumlari, aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur mollar bilan savdo qiluvchi seksiyalar mavjud.Tadbirkorlar uchun ixcham, ko'rimli, qulayliklarga ega bo'lgan doimiy savdo do'konlari qurib berilgan. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari bor. Mahsulotlar MDH davlatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Turkiya, Janubiy Koreyadan olib kelinadi. Yer osti yo'llari qurilgan bo'lib, Toshkent shahri va viloyatning turli hududlaridan keluvchi aholi uchun avtomobil qatnovi tashkil etilgan. Majmuada transport vositalarini qo'yish joylari ajratilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan