SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Londonda Sherlok Xolms haykali ochilgan kun
1999-09-24

1999 yilning 24 sentyabrida Londonning Beyker-stritida Sherlok Xolmsga haykal qo'yildi. Sherlok Xolms iste'dodli ingliz yozuvchisi Artur Konon Doyl tomonidan o'ylab topilgan adabiy qahramon hisoblanadi. Uning mashhur londonlik izquvar Sherlok Xolms sarguzashtlariga bag'ishlangan asarlari detektiv janrining klassik namunalaridan biri hisoblanadi. Butun dunyo bo'yicha uning muxlislari paydo bo'ldi. Ushbu izquvar Ginnes rekordlari kitobi bo'yicha jahonda eng mashhur kinoqahramon hisoblanadi. O'tgan asrda odamlar Sherlok Xolms va doktor Vatsonni hayotda mavjud shaxslar deb o'ylab, hatto ularga xatlar yozishgan. Londonda 1990 yilning martida Beyker-strit, 221-b—buyuk izquvar va detektiv bilan bog'liq manzilda Sherlok Xolmsning uy-muzeyi ochildi. Britaniya hukumati 1815 yilda qurilgan mazkur uyni arxitektura va tarixiy yodgorlik sifatida o'z muhofazasiga oldi. Dunyoda Xolms nomi bilan bog'liq juda ko'p yodgorlik belgilari mavjud. Pikkadillidagi “Kriterion” tamaddixonasini xotira memorial taxtalari bezab turibdi, u yerda birinchi marta doktor Vatson Xolms haqida bilib olgan; avliyo Bartolomyu shifoxonasining kimyoviy laboratoriyasida ularning ilk uchrashuvi yuz bergan; Vatson sirli ravishda yaralangan Reyxenbax sharsharasi (Shveytsariya) va Mayvanda (Afg'oniston) atrofidagi joylar. Sherlok Xolmsga qo'yilgan haykallar ham anchagina. Uning ilk haykali 1988 yilda Meyrengenda (Shveytsariya) paydo bo'ldi, keyingisi Karuidzavada (Yaponiya) ochildi. 1991 yilda Pikardi-pleysning Edinburgida (shu erda Konan Doyl tug'ilgan) Xolmsga bronza haykal o'rnatildi.  1999 yilning 24 sentyabrida o'rnatilgan haykal esa Beyker-stritdagi metro bekatida ochilgan. Londonning yomg'irli havosida uzun plash va kichik qansharli shlyapa kiygan Xolms o'ng qo'lida trubka ushlab, uzoqqa tikilgan holda xayol surib turibdi. Mazkur uchmetrlik bronza haykalning muallifi taniqli ingliz haykaltaroshi Jon Dabldey hisoblanadi. 2007 yilning aprelida Moskvaning Smolensk sohili yaqinida joylashgan Buyuk Britaniya elchixonasi yonida buyuk izquvarga yana bir haykal qo'yildi. Bu haykaltarosh Andrey Orlov asari bo'lib unda Sherlok Xolms bilan doktor Vatson yonma-yon tasvirlangan. Haykalda aktyorlar Vasiliy Livanov va Vitaliy Solomin qiyofasini darrov tanib olish mumkin. Ma'lumki ushbu aktyorlar Konan Doyl qahramonlarini qiyomiga yetkazib mahorat bilan ijro etishgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan