SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro tavallud topgan kun
1628-01-12

Sharl Perro  1628 yil  12 yanvarda  Parijda tug’ilgan. Fransuz  shoiri va tanqidchisi. 1671 yildan  Fransiya  akademiyasi  a’zosi. XIX asr fransuz  adabiyotida  avj olgan “qadimgilar  va yangilar bahsi” –da ishtirok etib, zamondosh  yozuvchilarning qadimiy  yozuvchilardan afzalligini  yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni- “Troya  devori”(1653). Perroning  fransuz  adabiyotidagi  katta o’rni  “Onaginam Gusina bonuning ertaklari  yoki O’tgan zamonlarning ibratli voqea  va ertaklari” to’plami bilan belgilanadi. Mazkur  to’plam Perroning  o’g’li Darmankur nomidan e’lon qilingan.U dastlab 8ta ertakdan tashkil topgan  bo’lib, keyinchalik yana  3ta she’riy ertak hisobiga boyigan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos latofat va jozibani olib kirdi. Perro  “Ertaklar”i  fransuz adabiyotida xalqchillikni o’sishi  va ertakning  adabiy  janr  sifatida rivojlanishiga katta  ta’sir  ko’rsatgan. Perroning ertaknavislik  an’analari   aka-uka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen  singari  yozuvchilar  tomonidan  davom  ettirildi. Perroning  “Zolushka”, “Etik  kiygan  mushuk”,  “Ko’k  soqol”  singari  ertaklari  asosida  opera  va  balet  spektakllari, multfilmlar  yaratilgan. Perroning  ayrim  ertaklari  o’zbek  tiliga  tarjima  qilingan. U  1703  yil 16 mayda  vafot  etgan.  

O’zbekiston Milliy ensiklopedoyasi.T.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan