SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
O'zbekiston xalq artisti Soyib Xo'jayev tavallud topgan kun
1910-12-05

O'zbekiston xalq artisti. Soyib Xo'jayev 1910 yil 5 dekabr Soyib Xo'jayev 1910 yil 5 dekabrda Andijon viloyatidagi Xonobod qishlog'ida Xudoynazarhoji aka xonadonida tavallud topgan. 11 yoshida otasidan yetim qolib, akasi Xo'janazarning qo'lida katta bo'lgan Soyibjonning bolaligi oson kechmadi. Ammo muammolarni sabr-bardosh bilan enggan bo'lajak san'at ustasi bolaligidanoq hazil-mutoyibaga, tomosha va hangomalarga o'ch bo'lib o'sdi. 1921 yili Yusufjon qiziqning xalq an'anaviy teatri bilan ilk uchrashuvi Soyibjonda katta taassurot qoldirdi. Uning o'zi ham aslida ko'rgan-bilganlarini birodarlariga o'zidan bir oz qo'shib, jonlantirilib, qiziqarliroq tarzda aytib berish va shu orqali hammani kuldira olish qobiliyatiga ega edi.

Quralay ko'z, quralay, tuynugindan mo'ralay,

Sen yallo aytganingda, ohangiga yo'rg'alay».

 Ushbu qo'shiqni eshitgan har qanday muxlisining ko'z oldiga qadrdon bir siymo- Soyib Xo'jayevning qiyofasi kelishi va beixtiyor chehrasiga tabassum yoyilishi tabiiy. Buyuk iste'dod sohibi, o'zbek  xalqining ardoqli san'atkori, O'zbekiston xalq artisti Soyib (Sohibjon ) Xo'jayev o'zining ajoyib iste'dodi, betakror iboralari bilan san'atsevarlar yuragidan joy olgan so'z ustasi ham edi. 1927 yili Qo'qon teatri sahnasida Hamza Hakimzoda Niyoziy rahbarligida G'ulom Zafariyning «Halima » spektakli qo'yilayotgan paytda soqov xizmatkor roli uchun bir bola kerak bo'lib qoldi. O'sha vaqtlari teatrda xizmat qilayotgan Mirshohid Miroqilovning nigohi ko'zlari yonib turgan yigitga tushdi-da, uni rolga sanab ko'rish uchun imladi. Soyibjon rolni maromida o'ynab bergani uchunmi, spektakldan so'ng Hamzaning o'zi Mirshohid akaga qarab: «Mana sizga ham munosib shogird topildi», degan ekan kulib. San'atning sirli va mashaqqatli olamiga shu tariqa kirib kelgan Soyib Xo'jayev keyinchalik bor umri va mehrini mana shu sohaga sarfladi. Tinimsiz mehnat, kuzatuvchanlik bilan hayotni o'rganish o'z samarasini berib, u sekin-asta teatrning mahoratli aktyorlari safidan munosib o'rin egalladi. Soyib Xo'jayev 1928-1939 yillarda Andijon musiqali drama teatrida ijod qildi. Aktyor “Malikai Turandot” da Trufaldino, “O'rtoqlar” da Soli domla, “Boy ila xizmatchi” da Xolmat, kabi ko'proq komik  rollarni  zo'r mahorat bilan ijro etib muxlislar olqishiga sazovar bo'ldi. Soyib Xo'jayevning keyingi 43 yillik faoliyati Toshkentdagi Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrida davom etdi. Keyinchalik teatrning «Oltin davri» deb tan olingan o'sha yillarda aktyor  sahna  kulgisi, satira va yumor vositalarini yaxshi o'zlashtirdi. Aktyorni xalqqa tanitgan va yuksak mahorat bilan ijro etgan rollari orasida adib Hamid G'ulom va bastakor Manas Levievning «Toshbolta oshiq» asari alohida o'rin tutadi. Mazkur asarning ko'p yillar davomida sira sahnadan tushmagani (teatrda asar 1500 marta qo'yilgan), undagi obrazini aktyor har safar yangicha bir talqin, o'zgacha qirra bilan ijro etgani bor haqiqat. Soyib Xo'jayev Nabi G'aniyevning «Nasriddinning sarguzashtlari» (1946) va «Farg'ona qizi»(1948) filmlarda bir-biridan farq qiluvchi ikki zamon kishisi, ikki turdagi choyxonachi rolini o'ynadi. Aktyor  xalq og'zaki ijodini yaxshi bilgan Nabi G'aniyev ko'magida ushoq obrazlarini mukammal talqin qilib, o'lmas qahramonga aylantirdi. Aktyor o'zining 72 yillik umri davomida barchaga barobar kulgi, xursandchilik ulashish orqali san'at shinavandalarini ko'nglini zabt etdi. San'at ahlining eng haqqoniy va odil hakamlari-muxlislar tomonidan yuksak baholarga sazovar bo'lgan buyuk iste'dod sohibi Soyib Xo'jaevning bor mahorati, kuchi chindan ham odamlarni oddiy gaplari bilan kuldira olishi edi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan