SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O'zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon tavallud topgan kun
1948-10-31

O'zbekiston xalq artisti. Aktyor va rejissyor Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 1948 yil 31 oktyabrda Buxoroda tug'ilgan. Uning sahnadagi ilk qadamlari 1962 yil Buxorodagi Sadriddin Ayniy nomli viloyat teatrida ommaviy sahnalarda ijro etgan rollaridan boshlangan. So'ng poytaxtdagi “Yosh gvardiya” teatrida qator spektakllar sahnalashtirgan. Ular orasida tomoshabinlar tomonidan qizg'in qabul qilingan yozuvchi Shuhratning “Besh kunlik kuyov” asari 700 marta qo'yilgan. Taqdir taqozosi bilan 1972 yili Buxoro teatriga qaytib, hozirga qadar “Revizor”, “Nomus”, “Arshin mololon”, “Ibn Sino” , “Gamlet”, “Abulfayzxon” kabi 50 ga yaqin spektakllarni sahnalashtirdi. Kinodagi birinchi roli 1969 yili rejissyor Anatoliy Qobulov tomonidan suratga olingan “Bahor yomg'irlari” filmidagi bosh qahramon Samig' obrazi bo'ldi. Oxirgi besh yil davomida esa “Sarvinoz” , “Fotima va Zuhra”, “Telba” , “Faryod”, “Tavba” kabi 20 ga yaqin filmlarda turli obrazlar yaratib, muxlislar mehriga sazovor bo'ldi. Ubaydullo Omon tojik kinochilarining “Shahrizodaning so'nggi tuni”, “Qilich va ko'z yoshlar”, rossiyalik kinochilarning “Rodina jdyot”, “Platina” va amerikalik kinochilarning “Umar Xayyom” filmlarida qator obrazlar talqin etgan keng qamrovli ijodkordir. Toshkent teatr va rassomlik institutini 1971 yili, Moskvadagi kinomatografiya institutini 1996 yili bitirgach, Leningrad katta dramatik teatri qoshidagi Georgiy Tovstonogov ijodiy laboratoriyasida to'rt yil tahsil olib, yetuk mutaxassis bo'lib yetishgan. O'zbek kinosi 84 yillik faoliyati davomida shakllanib, milliy madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylandi. Shu o'tgan davrda o'zbek kinosini dunyoga tanitgan, nafaqat iqtidori, balki dunyoqarashi, fikrlashi, asar yaratish uslubi, taqdiri bilan bir-biridan farq qiladigan taniqli kinoarboblar, aktyorlar yetishib chiqdi. O'zbek kinosining omadli va qobiliyatli san'atkorlardan biri o'z ishining mohir ustasi, ayniqsa, oxirgi yillarda nafaqat o'zbek, balki qator xorij filmlarida unutilmas va qiziqarli obrazlar yaratib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo'lgan mehnatsevar ijodkordir.

Ma'lumot: Olis yulduzlar shu'lasi. “Yangi asr avlodi”. Toshkent.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan