Tur
Xeyerdal - (1914-2000) Butun umrini dunyoni o’rganishga bag’ishlagan mashhur
norveg sayyohi o’zini dunyo fuqarosi, deb hisoblar edi. Dunyo okeani qadimgi
sivilizatsiyalarni bir-biridan ajratuvchi emas, balki o’zaro bog’lovchi omil
bo’lgani haqidagi nazariyasi olimni butun umri davomida sayyoramizning turli
qismlaridan ushbu ta’limotga isbot topish uchun tinmay sayohat qilishga
undagan. Tur Xeyerdal 1914 yilning 6 oktyabrida Norvegiya janubidagi Lavrik
degan shaharchada tavallud topgan. Onasi Darvin ta’limotining tarafdori edi.
Xuddi shu holat Turda bolaligidanoq zoologiya faniga qiziqish uyg’otgan. O’rta
maktabni tugatgach, Tur Xeyerdal 1933-1936 yillarda Oslo universitetida geografiya va zoologiyadan
tahsil oldi. 2000-2001 yillardagi Azov dengizi atrofidagi qazilmalar
natijasida Tur Xeyerdal norveglarning
avlodlari Skandinaviyaga Kuban dashtlaridan bundan 2000 yil ilgari ko’chib
kelganligi haqidagi xulosani ilgari surdi. XX asr ikkinchi yarmidagi eng buyuk
sayyoh, deb tan olingan va umrining oxirigacha dunyoni o’rganish bilan mashg’ul
bo’lgan. Tur Xeyerdal o’z ekspeditsiyalarida qatnashish uchun turli irq,
millat, din va siyosiy tuzum vakillarini yig’ib, bu bilan kichkina bir solda
kishilar totuv yashab, samarali hamkorlik qilishlari mumkinligini dunyo
hamjamiyatiga isbot qilib bergan ham. Bundan tashqari sayyohning
ekspeditsiyalari turli kashfiyotlar qilish bilan birga Dunyo okeanining
ifloslanishi bo’yicha zarur namunalar yig’ib, ularni BMTga taqdim etgan.
Ma’lumot:
Jahongashta Sayyoh-olimlar. “O’zbekiston”. T.2012.