SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4568910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O`zbekiston xalq artisti Nazira Aliyeva tavallud topgan kun
1912-12-31

O`zbekiston xalq  artisti Nazira Aliyeva  1912 yilning  31 dekabrida Toshkent maxallalaridan birida ziyoli, o`sha kezlari ta'minot bo`yicha mutasaddi rahbar Nasriddin Hakimbekov  oilasida  orziqib kutilgan farzand dunyoga keldi. Unga Nazira deb ism qo`yishdi, ammo qizaloq  besh yoshga to`lganida onasidan judo bo`ldi va xolasi Ultoyxon (Oyiba) qo`lida  tarbiyalanadi. Eski maktabda o`qib yurgan  kezlariyo Sharq  adabiyoti vakillarining  asarlarini mehr bilan sevib o`qidi. Sayor truppalarning tomoshalarini ko`rib, san'atga havasi ortdi.  Klub va madaniyat  uylari  qoshidagi teatrlarda kichik-kichik  rollar ijro etib, mahorati oshdi. 1924 yili birinchi o`zbek «Namuna» teatr truppasi respublikadagi  yarim professional va havaskor jamoalarning  iste'dodli yoshlarini izlab topib, Moskvadagi maorif uyi qoshidagi o`zbek teatr studiyasiga va Bokudagi Mirza  Fatali  Oxundov nomli teatr  texnikumiga  o`qishga yubordi. Ozarbayjonda A.Tuganov va V. Sladkopevsev kabi ustozlardan to`rt yil tahsil olib, o`zbek san'atining  yetuk darg`alari  safidan o`rin olgan hamyurtlarimiz-Sayfiqori Olimov, Xalima Nosirova, Zuhur Qobulov, Qudrat Xo`jayev va Xolida  Xo`jayevalar orasida 15 yoshli Naziraxon Hakimbekova ham bor edi. Texnikumda  olgan bilimlarini yanada mustaxkamlash maqsadida Nazirahon 1934 yili Moskva Davlat teatr san'ati institutini ham bitirdi. Ta'til paytlari Toshkentga kelib, “Kolizey” musiqali  teatrida rejissyor  Muzaffar  Muhamedov va aktyor Boborahim Mirzayevlardan  saboq  olib, “Farxod va Shirin”da Shirin, “Arshin mololan”da  Osiyo va “Gulsara”da Oysara rollarini ijro etdi. Xamza   teatri jamoasining taklifiga ko`ra, Toshkentga yana qaytib, 1941-1948 yillari “Rustam”da Qimmat, “Otello”da Dezdemona, “Xolisxon”da Xolisxon, “Boy ila xizmatchi” da Jamila, kabi turli harakterdagi betakror  obrazlarni yaratib, o`z mahoratini  namoyish etdi.  Shu yillari Aleksandr  Ostrovskiyning “Sepsiz qiz”, Uyg`un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” va Boris Lavrenyovning “Dengizdagilar sharafiga” asarlarini saxnalashtirdi.  Ijodiy faoliyati davomida Nabi G`aniyevning “O`lim qudug`i” (1934 y.), Komil Yormatovning “Uyqusiz yo`llar” Shuhrat Abbosovning  “Mahallada duv-duv gap” (1960 y.), Qamara  Kamolovaning  “Achchiq danak” (1976 y.) kabi bir necha kino asarlarida hamda o`zbek tiliga dublyaj qilingan  qator  filmlarda turli obrazlarni ijro etdi. Sinchkov aktrisa o`quv yurtlarida  olgan  bilimlarini ijodiy faoliyatiga  tatbiq  qilishga urindi.  Ozar va o`zbek teatr  san'atini   solishtirib, ozarbayjoncha ko`tarinki  pafosli ijrodan o`zbekcha, real, jonli, badiiy nutq uslubiyatiga asoslangan maktab ustuvorligini  tushunib yetdi. Mannon Majidov  va Yetim (Fozil) Bobojonov kabi  ustozlarning  pand-nasixat va ko`rsatmalariga rioya qilib, ixlos bilan ularga ergashdi. Ayniqsa, Mannon uyg`urning so`z ustida ishlash uslubiyatini va o   `zbek tilidagi  unlilar  qonuniyatning amalda tatbiq etilishi bilan har bir  tovushning burro, ravon eshitilishiga, aniq maqsadga yo`naltirilishiga  suhbatdoshning fikrini  harakatga   keltirishga, hissiy ta'sir  kuchiga  ega  bo`lishiga erishish  mumkinligini anglab yetdi. O`z aktyorlik ijodida   mazkur  uslubga  amal qilgan  Nazira Aliyeva  rejissyorlik  faoliyatida  ham aktyorlardan  shu me'yorlarni qat'iy   talab qildi.  Ushbu talabga, misol  uchun, Abror Hidoyatov ijrosidagi  Otello, Shukur Burhonovning  shoh  Edip va  Olim Xo`jayev yaratgan  Alisher  Navoiy  obrazlari  to`la javob bera oladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan