O`zbekiston xalq artisti Erkli Malikboyeva tavallud topgan kun
1928-12-16

Erkli Malikboyeva 1928
yili 16 dekabrda Toshkentning
Eski shaharidagi
“Chuqur ko`prik”
mahallasida Vohid Malikboyev va
Sora Boyazitovalar oilasida tug`ilgan.
Oilaning yagona farzandiga kelajak turmushi hur va erkli bo`lsin degan
niyatda Erkli deb ism qo`yishdi. Otasi
tarjimon, onasi aktrisa bo`lgani uchunmi,
maktabni bitirgan Erklixonni
san'atga oshuftalik Toshkent
teatr va rassomlik san'ati
institutiga yetakladi. U
oliygohni bitirgach, 1949 yildan boshlab Hamza nomli Davlat
akademik drama teatrida
ijod qila boshladi. Erkli Malikboyeva Abror Hidoyatov, Obid
Jalilov, Olim Xo`jayev, Shukur Burhonov, Sora Eshonto`rayeva,
Zamira Hidoyatova, Sharif Qayumov, kabi
ustozlardan kasb mahoratini o`rganib,
mumtoz
va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar yaratdi. Aktrisa “Hamlet”da
Ofeliya, “Sevgi afsonasi” da Sarvinoz,
“Og`riq
tishlar” da Nazira, “Iymon”da Oysha, kabi qator obrazlarning ichki dunyosini to`laqonli, o`ziga xos mimika va talaffuz bilan talqin etdi. Xar bir obraz talabidan kelib chiqqan holda, uning ko`z ilg`amas tomonlarini, fe'l-atvorlarini bilib olish
asosida maqsadiga
erishishga harakat
qilgan
Erkli Malikboyevaning qaxramonlari bir-biriga o`xshamagan insonlardir. Teatr bilan bir qatorda aktrisa ko`plap kinofilmlar dublyajida qatnashdi. Jarangdor
va quvnoq ovozi tufayli u ham o`g`il, ham qiz bolalarga
ovoz berdi. Aksariyat filmda aktrisa Nadejda Rumyanseva ijrosidagi
obrazlarga ovoz berardi. Shaxsiy hayot ko`plab san'atkor
ayollarimiz kabi Erkli Melikboyevani
ham o`z
sinovlaridan bebahra qoldirmagan. Aktrisa birinchi turmushi Sarkisovdan Valera ismli o`g`il ko`radi,
u ham hozirda
kino sohasida
ijod qilmoqda.
Erkli Malikboyevaning o`zbek zamonaviy professional estrada qo`shiqchiligining asoschisi, “Gullar ochilganda”, “Olovli yo`llar”,
“Dahoning
yoshligi” kabi filmlarda ajoyib
yaratgan kinoaktyor, O`zbekiston xalq artisti-
Botir Zokirov (1936-1985) bilan turmushi umrining baxtli yillari bo`ldi. To`ng`ich
o`g`li Baxtiyor Zokirov (1962-2005 y.) o`zining
qisqa umri
davomida “Siz kimsiz?”, “Kammi”, “Armon”, “Maysaraning ishi”, kabi qator
filmlarda o`ziga hos
esda qolarli
obrazlari bilan o`zbek
kinosida munosib o`rin egallagan
aktyorlardan biri sifatida tarixga
kirdi. Ikkinchi o`g`li Bahodir esa hozir taniqli kompozitor. 81 yoshni qarshilagan O`zbekiston xalq artisti
Erkli Malikboyeva ham hozirda
o`tgan jo`shqin hayotini
tahlil qilishga o`zida kuch topsa-da, turmush o`rtog`i va o`g`lining porloq xotirasini
so`zsiz yodga olgan kezlari yuzlarida ma'yus ҳorg`inlik cho`kadi. Soadatli onlar sog`inchi ko`zlarini yoshlar ila namlanayotganini sezadi...
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Afg'on xalq ertagi O'zbek xalq bolalar o'yinlari O'zbek xalq ertaklari YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"i Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?