SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
      
Aktyor Jamol Hoshimov tavallud topgan kun
1948-12-30

Jamol Hoshimov 1948 yil 30 dekabrda Toshkentning “Eski shahar” qismidagi “Chaqar” mahallasida, Mirkamol va Marahamat  opalar oilasida  tug`ilgan. Uning bolaligi ham barcha sho`x tengdoshlari  singari  ko`cha changitib, koptok  tepib  o`tgan. 82-maktabni  tugatgach, aktyor bo`lish  orzusida  kinostudiya  qoshidagi  uch yillik  kursda o`qidi. So`ng 1968 yili  Toshkent teatr va rassomlik  institutiga o`qishga kirdi. Aktyor mana shu  paytda “O`zbekfilm” ning “Kinoaktyor” studiyasiga  ishga  olinadi. Kinoga qanday  kirib qolganligi   haqida uning  o`zi shunday degandi:  “Do`mbirobod”  dagi “Navbahor”  do`konida sotuvchilik  qilib  yurgan  kezlarim, 1967  yilning  aprelida  rejissyor  asisenti meni ko`chada ko`rib, Anotoliy Qobulovning “Uyimga tashrif buyur” nomli filmi qahramonlaridan  biriga,  fotosinovga  taklif  etdi. Shu tariqa  sinovdan  o`tib,  kino  bilan “kasallandim” va umrimni kinosiz  tasavvur qilolmaydigan  bo`lib qoldim, har qanday  sharoitda ham kinodan hech ketolmadim. Demak taqdir  ekan,  lekin aktyorlik  kasbini tanlaganimga hech  achinmayman.  Aksincha, fahrlanaman. Chunki  xalq  orasida  ozmi-ko`pmi obro`ga ega bo`ldim, ko`chada taniydigan  bo`lishdi...»   Jamol Hoshimov  tez orada ustozlar  yordamida  aktyorlik  kasbining  ko`z  ilg`amas  tomonlarini   o`zlashtirilib  oldi  va  birin-ketin  filmlarda  suratga  tusha boshladi. “Inqilob chavandozlari” da  Xusan  (1967), “Qizilqum”da  Aminjon (1968), “Favqulodda  komissar” da askar  (1970),  “Temur Malik” da  soqchi (1970), “Shiddat” da Bo`riboyning akasi (1971), “Mehrobdan chayon”da Sharif  (1973),  “Shum bola” da “Buqoq” (1976)  kabi obrazlar shular  jumlasidandir. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan