SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Nemis kompozitori Robert Shuman tavallud topgan kun
1810-06-08

Nemis kompozitori Robert Shuman 1810 yil 8 iyunda Svikkau, Saksoniyada tugilgan. U 19 asr musiqiy romantizimining namoyondalaridandir. Uning otasi  kitob sotuvchi va noshirlik qilgan. Yaxshi daromadga ega bo’lib, o’g’lining har tomonlama bilim olishiga harakat qildi. Musiqaga bo’lgan qobiliyati juda erta uygondi. Yetti yoshidan u fortepiyanodan dars ola boshladi.  Shuman F.Vik (fortepiano) va G.Dorn (kompozitsiya) dan ta'lim olgan. U o’z asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni o’ziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat  va obrazlardan iborat bo’lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan - “Simfonik etyudlar”, “Karnaval”, “Fantastik p'yesalar” kabi turkumlari, shuningdek,  “Fantaziya”, Uch sonata, Konsert va boshqalar ajralib turadi.  Vokal lirika tarixida Shumanning G.Geyne (“Shoir sevgisi”), Y.Eyxendorf (“Qoshiqlar davrasi”) she'rlariga yozgan qoshiq turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Sh.”Genoveva”(1848) operasi. J.Bayronning “Manfred” poemasiga musiqa, 4-simfoniya, kamer hamda xor asarlari muallifidir. Shuman Leypsigda 1834 yilda “Yangi musiqa jurnali” ni tashkil etib, ilgor goyalarni ilgari  surgan. U sharq mavzularida kamer- cholgu (“Arabcha”, “Sharq manzaralari”), kamer -vokal (“Sharq gullaridan”, ”Magrib-Mashriq devonidan”) va yirik (“Jannat va Peri” oratoriyasi, 1843 asarlarini yaratgan. Robert Shuman 1856 yil 29 iyulda Endenix, Bonn yaqinida olamdan o’tgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan