SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
O’zbek xalq artisti Abdurauf Boltayev tavallud topgan kun
1906-06-02

Abdurauf Boltayev 1906 yilning 2 iyunida Samarqand viloyati Kattaqo’rgon  shahrida tugilgan. 6 yoshidan eski maktabda, 12 yoshidan esa Navoiy nomli yangi maktabda taxsil oldi.  Yosh Abdurauf atrofdagilarning fe'l-atvori, o’ziga xos jihatlarini o’xshatib, tengdoshlari orasida ogizga tushgandi. Sahnada ilk bor “Tuhmatchilar jazosi”da  Akbarali obrazini yaratdi. Muqimiy teatrida 1943 yili saxnalashtirilgan birinchi musiqali sahna asari “Toxir va Zuhra” Abdurauf Boltayev ijodida alohida o’rin egalladi. Abdurauf Boltayev o’zining qariyeb yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida 130 dan ortiq turli harakterdagi katta-kichik obrazlarni yaratdi. U teatrda “Turkiston tabibi” da Niyozali (1922yil), “O’t yuraklar”da Benavoz (1928),”Farxod va Shirin” da Farxod va Yosuman, Shopur, Xisrav (1934,1943,1954), “Gunchalar” da Mirzasharof va Jiyanboy (1935), “Maysaraning ishi”da qozi (1939),  “Muqimiy”da Ashurboy (1953-1957), ”Alpomish”da  Inoq (1950), “Sarachinsk yarmarkasi”da  Sibulya (1952), “Toshbolta oshiq”da  Polvon (1961), Maxtumquli”da  Oxun domla, “Navoiy Astrabodda “Qozi” (1968) va “Fargona tong otguncha”da  Teshaboy (1968) kabi obrazlarini yaratdi.

    Abdurauf Boltayev 1978 yilda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan