Mukarrama Xolmatova 1930 yilning 8 may kuni qo’qonning Isfaraguzar qishlog’ida tug’ilgan. Oddiy ishchi oilasida katta bo’lgan qiz yoshligidan san'atga juda qiziqqan. Shu bois, u darslari, uy ishlarini bajargach, maktabdagi to’garaklarga borardi. Tunlari kitoblar o’qib, she'rlar yodlardi. 1947 yilda maktabni bitirgach, Mukarramni orzulari Toshkentning Teatr va rassomlik institutiga yetakladi. Oliygohda o’qib yurgan kezlari Sur'at ismli yigit bilan tanishdi. 1952 yilda turmush qurishdi. Institutni bitirgach, yo’llanma bo’yicha Sur'at Po’latov Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida qoladigan bo’ldi. Mukarrama esa Qarshidagi teatrga jo’nashi lozim edi. Mukarrama juda samimiy, mehnatkash ayol edi. Qarshidan qaytgach, to umrining oxirigacha “Muqimiy” teatrida xizmat qildi. Mukarrama Xolmatova 1960 yilning 24 dekabrida vafot etdi.