SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
"O'zbekiston ovozi" nomli gazeta ilk marotaba nashrdan chiqqan kun
1991-09-01

“O'zbekiston ovozi” – ijtimoiy – siyosiy gazeta. Muassisi O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi. Gazeta haftada 3 marta rus tilidagi nashri “Golos Uzbekistana” esa 1 marta chiqadi. Dastlabki soni 1918 yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chiqqan. (1920), “Qizil bayroq” (1920), “Turkiston” (1922), “Qizil O'zbekiston” (1924 ) “Sovet O'zbekistoni” 1964 nomlarida nashr etilgan. 1991 yil 1 sentyabrdan hozirgi nomda. Gazetaga turli yillarda U.Eshonxo'jayeva, Qamchinbek, K.Aliyev, Q.Sorokin, M. Shermuhammedov, M.Romiz, M.Hasanov, V.Rahimiy, M.Usmonov, R.Majidiy, A.O'razayev, R.Abdurahmonov, S.Azimov, O.Abdurahmonov, S.Rajabov, H.G'ulomov, Sh.Rashidov, M.Qoriyev, L.Qayumov. O'.Usmonov, R.Rahmonov, Sh.Ubaydullayev, A.Suyun va boshqalar muharrirlik qilgan. O'zbek adabiyoti va jurnalistikasining ulkan namoyandalari - Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya va boshqalar o'zlarining ilk ijodlarini shu gazeta sahifasida e'lon qilgan. Hayotning barcha sohalarida boshlangan islohotlar mohiyatini ochib berish, istiqlol siyosatini xalq qalbiga olib kirish, yangicha ong, yangicha tafakkurni shakllantirish, mustaqillik mafkurasini yaratish – gazetaning asosiy vazifasidir. Siyosat, ma'naviyat va ma'rifat, parlament va huquq, ijtimoiy hayot va iqtisodiyot, ekologiya va sihat-salomatlik, sport va harbiy vatanparvarlik, xatlar va ommaviy ishlar hamda tijorat bo'limlari bor. Mamlakatning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida o'z muxbirlariga ega. Adadi 17000 (2009).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan