SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
“Geografiya fanlari doktori” ilmiy darajasiga erishgan birinchi o’zbek olimi Ziyovuddin Akramov tavallud topgan kun
1923-09-23

Geografiya fani sayohatlar bilan chambarchas bog’liqligi bois, unda “birinchi bo’lish” hamisha sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Xoh sayohat qilib, turli yerlarni kashf etish, xoh geografik tadqiqotlar olib borib, keyinchalik uni rivojlantirish bo’lsin, birinchi bo’lgan kishining xizmatlari bunda doimo muhim rol o’ynaganligi tarixdan yaxshi ma’lum. Professor Ziyovuddin Muhitdinovich Akramov ana shunday birinchilardan. U  O’zbekistonda iqtisоdiy geografiya fanini rivojlantirish ishiga katta hissa qo’shgan va bu sohada respublikamizda “geografiya fanlari doktori” ilmiy darajasiga erishgan birinchi o’zbek olimi hisoblanadi. Olim respublikamizning turli chekkalarini chuqur o’rganish bilan bir qatorda dunyoning turli mamlakatlariga safar qilgan va o’z sayohatlari haqida qiziqarli asarlar yozib qoldirgan sayyoh hamdir. Ziyovuddin Muhitdinovich Akramov 1923 yilning 23 sentyabrida Allon qishlog’ida (hozirgi Talabalar shaharchasi) tug’ilgan. Z.Akramov 1962 yilda Zarafshon vohasida olib borgan kompleks iqtisodiy-geografik tadqiqotlarining hosilasi sifatida respublikamiz iqtisodiy geograflari o’rtasida birinchi bo’lib “geografiya fanlari doktori” ilmiy darajasini olishga erishdi.  Z. Akramov keng miqyosli kompleks iqtisodiy-geografik tadqiqotlar olib borish bilan birga dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilib, o’zining chet el safarlari davomida qiziqarli tabiiy, iqtisodiy va siyosiy-geografik kuzatishlarni ham amalga oshirgan. Olimning “Ispaniya sayohatidan lavhalar”, Yevropa bo’ylab”, “Hindiston lavhalari”, “Mustaqil Mag’rib mamlakatlarida (Tunis, Marokash, Jazoir)” kabi yozgan asarlarida uning nafaqat sayyoh ko’zi bilan ko’rganlari, balki geograf- olim sifatidagi qiziqarli kuzatishlarning tahlili ham keltirilgan. Z.Akramov o’zining Yevropa safarida, jumladan, Fransiyaga “o’zbek Magellani” professor H.Hasanov bilan birga borgani va Parijdagi Luvr muzeyi, Eyfel minorasi, Yelisey maydoni va boshqa ko’zga ko’ringan me’moriy obidalar haqida qiziqarli taassurotlarni yozib qoldirgan. Olim o’zining ijodiy hayoti davomida 30 ga yaqin fan nomzodi va fan doktorlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilib, O’zbekiston iqtisodiy geografiya maktabini yaratdi va uni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi.

Ma’lumot: Jahongashta Sayyoh-olimlar. “O’zbekiston”. T.2012.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan