
1998 yil 8 yanvarda birinchi marta Rossiyaning «Elektr teatr» da
kichkina tomoshabinlar uchun tekin dastur namoyishi qilindi. Bolalar uchun
namoyish qilingan filmlarning 100 yilligini nishonlash maqsadida, Moskva
bolalar fondining tashabbusi bilan Moskva shahrining rahbariyati 1998 yilda 8
yanvarni Bolalar kinosi kuni deb belgiladi. 1890 yillarning oxirida Moskvada,
hozirgi BUM (GUM)da o‘sha vaqtlardagi savdo qatorlarida birinchi statsionar
“Elektr teatri” ochildi. Unda bir qator
ko‘ngilochar filmlar “Bolalar raqsga tushadi”, “Bolalar yig‘laydi”, “Koptok
bilan o‘yin”, “Moskvadagi otli- temir yo‘l” namoyishi bilan birga
tarbiyaviy filmlar ham ko‘rsatilardi.
Shunday qilib, bu yerda 1898 yil 8 yanvarda Rossiyada ilk bor bolalarga
mo‘ljallangan dasturlar, filmlar namoyish qilingani tomoshabinlarga shu qadar
yoqqan ediki, shu vaqtdan boshlab, doimiy ravishda kichkinalar uchun filmlar
ko‘rsatila boshlandi. Birinchi bolalar filmi nomi bilan sevimli ertaklarimiz -“Ayoz bobo” (1910 y.) va “Qurbaqa-malika” (1911 y.) lar namoyish qilindi. Butun sinf darsdan qochib yaqinroqdagi
kinozalga borib “Senimi, shoshmay tur!”, “Bremenlik musiqachilar” yoki “Aybolit