SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkil topgan kun
1990-09-12

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi faoliyat turi bo’yicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar, qisman ish bilan band bo’lganlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar yoki o’quvchi yoshlar, pensionerlar, aholi boshqa qatlamlarini birlashtirgan kasaba uyushmalarini o’z ichiga oladi va o’zini o’zi boshqaradigan ko’ngilli nodavlat, notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. 1990 yil 12 sentyabrda tashkil topgan. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi kasaba uyushmalari a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat. O’zbekiston kasaba uyushmalari kengashi 1925 yildan faoliyat ko’rsata boshlagan. O’zbekiston kasaba uyushmalari tizimini boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari, kasaba uyushmalarining tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri kengashlari va boshqalar tashkil etadi. O’zbekiston kasaba uyushmalarining asosiy e’tibori mehnatkashlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish, kasaba uyushmalari harakatida demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Jamoa-shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish borasidagi faoliyat natijasida jamoat shartnomalari tuzilgan yuridik shaxslar soni ko’paydi.  O’zbekiston kasaba uyushmalari chet el milliy kasaba uyushmalari markazlari, jahon ishchilar harakatining yetakchi Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamkorligida Fransiya Mehnat demokratik federatsiyasi, Amerika Mehnat federatsiyasi, Belgiya erkin kasaba uyushmalari umumiy birlashmasi, Avstriya kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Shuningdek, Xitoy, Yaponiya, Hindiston mamlakatlari bilan aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Kasaba uyushmalarining harakat dasturida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan xalqaro hamkorlik muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi tomonidan bu tashkilotning 11 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan