SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Jizzax shahrida yoshlar havaskorlik jamoalarining mintaqaviy “Estrada-93” festivali o’tkazilgan kun
1993-09-24

1993 yil 24-25 sentyabr-Jizzax shahrida yoshlar havaskorlik jamoalarining mintaqaviy “Estrada-93” festivali o’tkazildi. Festivalga O’zbekistonning barcha viloyatlari va qo’shni mamlakatlardan ham havaskor yoshlar qatnashdi.Estrada - keng ma'noda- ko’ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqa) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma'noda - sahnaviy professional san'at turi. O’zbekistonda estradaning rivojlanishi quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: bir tomondan unda an'anaviy san'at namunalari sahna talablariga moslashtirib o’zgartirilgan yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan. Ikkinchi tomondan O’zbekiston estradasi chet el san'ati shakl va uslublarini o’zlashtirishi bilan boyidi. Hozirda O’zbekistonda estrada san'atini rivojlantirish, estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar “O’zbeknavo” birlashmasiga yuklatilgan.Estrada o’quv yo’nalishi sifatida maxsus ta'lim tizimiga kiritilgan. 1996 yildan Toshkent estrada kolleji, O’zbekiston davlat konservatoriyasi va boshqa san'at o’quv yurtlarida estrada fakultetlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda ilk estrada orkestrlari 1940-50 yillardan shahar bog’lari, raqs maydonchalari va boshqa joylarda faoliyat ko’rsata boshladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan