SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Rossiya estrada qo’shiqchisi Iosif Kobzon tavallud topgan kun
1937-09-11

Iosif Kobzon Rossiya estrada qo’shiqchisi, davlat arbobi, Xalq artisti  1937 yil 11 sentyabrda Ukrainadagi Donetsk viloyatining  Chasov Yar shahrida tavallud topgan. Birinchi bor qo’shiqchilikka maktabdagi havaskorlik to’garagida qiziqib, kirib kelgan va o’tkazib kelingan tuman hamda respublika olimpiadalarda sovrindor bo’lgan. 1958 yilda Iosif Gnessin nomidagi Davlat musiqiy-pedagogika institutining vokal fakultetiga o’qishga kirgan va shu bilan birga o’qishni sirkda vokalist sifatida olib borgan. 1962 yilda Iosifning yakkaxon gostrol hayoti boshlandi- Paxmutova va Ostrovskiy qo’shiqlarining qo’shiqchi ijrosidagi birinchi plastinkasi chiqdi. Kobzon yangi yil kechalari mehmoniga aylandi va unga mashhurlik keldi. 1960 yillarda u o’zining kuylash texnikasi va intonatsiyasiga ega bo’ldi. U turli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, laureat bo’lib kelgan, 1973 yilda esa “Xizmat ko’rsatgan artist” nomiga sazovor bo’lgan. Keyinchalik 1987 yilda oliy artistlik nomi va “Xalq artisti” unvoniga sazovor bo’lgan. Kobzonning repertuari doim o’zining ko’p janrliligi, rus xalq qo’shiq va romanslaridan iboratliligi bilan ajralardi. Ayniqsa qo’shiqchiga kuchli, hayajonli, o’tmish yodi bilan yo’g’irilgan qo’shiqlar yaqin bo’lgan. Kobzon o’zining ijodiga Dunayevskiy, Tuxmanov, Shainskiy va boshqa mashhur kompozitorlarning qo’shiqlarini qamrab olgan. Iosif Kobzon 1984 yilda Davlat musiqali-pedagogika institutida estrada fakultetini ochadi va shu yerda estrada-vokalidan dars bera boshlagan. I.Otiyeva, V.Legkostupova, M.Xlebnikova, Valeriya uning o’quvchilaridir. 1996 yilda Kobzon madaniyat va san'at sohasidagi ishlari uchun gumanitar fanlar akademigi nomiga sazovor bo’lgan. 1997 yilda Iosif Kobzon o’zining konsert faoliyatini tugatdi, lekin shunga qaramay qo’shiq kuylashda davom etmoqda. Hozirgi kunda u - mashhur siyosiy davlat arbobi, Rossiya Federatsiyasining Davlat Dumasi deputati, madaniyat ishlari raisining birinchi o’rinbosari, turli hayriya tadbirlari faol ishtirokchisidir. Hozirgi kunda Kobzon Moskvada ishlaydi va yashaydi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan