
SULTON JO‘RA (taxallusi; asl ism-sharifi Jo‘rayev Sulton) (1910.15.1, Shofirkon
tumani - 1943.10.11, Gomel shahri) -
shoir. Buxorodagi Erlar bilim yurtida o’qigan, so‘ng maktab va bilim yurtida
o‘qituvchilik qilgan (1930-36). 1936-39 yillarda Andijon pedagogika institutida
o‘qigan va shu yerda dars bergan; 2-jahon urushi qatnashchisi; urushda halok
bo‘lgan.
Sulton Jo’raning «Fidokor»
(1939), «Shodligim», «Ochiq chehralar» (1939), Moskva» (1941) she'riy to‘plamlari
e'lon qilingan. 1939 yil shoir ijodining eng samarali pallasi bo‘lib, u shu
yili «Parvoznoma» balladasi, xalq rivoyatlari asosida «Zangori gilam».
«Qaldirg‘och» shuninglek, «Karim va Qunduz» dostonlarini yozgan. Shoirning
mashhur italyan astronomiga bag‘ishlangan «Bruno» dostoni (1938) 30-yillarda
yaratilgan o‘zbek dostonlarining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Badiiy
soddalik, samimiylik, og‘zaki ijodiga yaqinlik Sulton Jo’ra sheriyatining eng
yaxshi xususiyatlaridir. Sulton Jo’raning adabiy merosida bolalar hayotidan
olingan asarlar alohida o‘rinni egallaydi. Uning so‘nggi asari - «Iroda» dramasi (1942, Vosit Sa'dulla bilan
hamkorlikda) Andijon viloyat teatrida sahnalashtirilgan.
Shoirning jasadi Gomel shahri Losev tumani Kozerogi qishlog‘ida dafn
etilgan. Andijon, Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi ko‘chalarga, shuningdek
Shofirkon tumanidagi maktab, kinoteatr va fuqarolar yig‘iniga Sulton Jo’ra nomi
berilgan.
O’zbekiston Milliy
ensiklopediyasi.