Anton Stepanovich Arenskiy 1861 yil 30 iyunda Novgorod shahrida musiqachilar oilasida tug’ildi. Otasi doktor, violoncheli chalgan. Onasi yaxshi pioninachi bo’lgan. Yetti yoshidan Arenskiy fortepianodan darslar olgan. To’qqiz yoshidan esa musiqa yoza boshladi. Dastlabki musiqiy ta'limni mashhur professor Zikkedan oldi. Keyinchalik Peterburg konservatoriyasida o’qib 1882 yilda tugatdi. Arenskiyning yozgan asarlari “Son na Volge” operasi (1888), “Rafael” (1894), “Nal i Damyansi” (1903); Pushkinning “Baxchisaray fantani”ga musiqa, Imperator Aleksandr 3 ning toj kiydirilganining 10 yilligiga tantanali musiqa; “Yegipetskaya noch” baleti; (1900), Fortepiannoye trio. Skripka uchun konsert, Ikkita fortepiano uchun uchta syuita, juda ko’p romanslar, fortepiano uchun pe'yesalar yozgan. Arenskiyning ijodi –go’zalligi, xushoxangliligi va nozikligi bilan ajralib turadi. O’zining uslubi bilan Chaykovskiyning yozgan asarlariga yaqinlashib ketadi. Arenskiy 1906 yil 12 (25) fevralda Teriokiga yaqin Perkyarvi shahrida vafot etgan.