SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Tolkiyenning “Xobbit, yoki Borish va Qaytish” qissasi nashr etilgan kun
1937-09-21

 1937 yil 21 sentyabrda Tolkiyenning “Xobbit, yoki Borish va Qaytish” qissasi chiqdi. Tolkiyenning “Xobbit, yoki Borish va Qaytish” kitobi “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining o’ziga xos muqaddimasi bo’lib, u angliyalik yozuvchi, tilshunos va tarjimon Djon Ronald Reyel Tolkiyenga tegishlidir. Bu kitob o’ziga xos Cheksiz xukmronlik Uzugiga muqaddima epopeyasi bo’lib, Tolkiyen tomonidan keyinchalik kiritilgan. Aynan ertakli “Xobbit, yoki Borish va Qaytish” qissasi Tolkiyenni adabiyotga kirib kelishiga sabab bo’lgan. Avval bu asar oila davrasida o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, Tolkiyen xobbit haqidagi ertakni o’zining bolalariga aytib berar edi. Tasodifan nashrga tushgach, xobbit Bilbo Begginsning sarguzashtlari tarixi kutilmaganda turli yoshdagi kitobxonlar orasida mashhur bo’lib ketgan. Kitob shunchalik mashhur bo’ldiki, hattoki yosh kitobxonlar “Xobbit haqida yana kitoblar” deb talab qilishgan.Shundan keyin yozuvchi qissaning davomini yozishga kirishdi. Biroq, yangi kitob bolalar ertagini o’zgartirib yubordi va u haqiqiy yovuzlik hamda yaxshilikning o’zaro kurashi haqidagi rivoyatga aylanib ketgan. Bu Tolkiyenning  asosiy asari hisoblangan “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi bo’lgan. Yozuvchi keyingi qolgan umrini o’z davrining afsonaviy fantaziyalarga bo’lgan qiziqishiga bag’ishlagan. Ko’pchilik boshqa yozuvchilar fantaziya janrida ungacha ijod qilishgan bo’lsada, lekin ko’pchilik kitobsevarlar aynan Tolkiyenni zamonaviy fantaziya adabiyotining “ota”si deb bilishadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan