SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Iste’dodli yosh violonchelchi Dilshod Nazarov tavallud topgan kun
1980-10-11

Dilshod Nazarov 1980 yilning 11 oktyabrida Toshkent shahrida tug’ilgan. Iste’dodli yosh violonchelchi. Yaponiya,Rossiya,Fransiyada bo’lib o’tgan xalqaro tanlovlar g’olibi. “Nihol” mukofoti sohibi. Dilshod Nazarov V.A.Uspenskiy nomidagi respublika maxsus musiqa maktab-internatda violonchel mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olgan. Milliy simfonik orkestr bilan birga ko’plab konsertlarda ishtirok etgan. U respublika o’rta maxsus musiqa bilim yurtlari o’quvchilari tanlovida birinchi o’rin sohibi bo’lgan (1994 yil). Shuningdek Yaponiyada o’tkazilgan P.I.Chaykovskiy nomli ikkinchi o’smirlar xalqaro tanlovi ishtirokchisidir (1995 yil). Dilshod Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan xalqaro tanlovda maxsus mukofotga, Fransiyada bo’lib o’tgan violonchel ijrochilarining xalqaro tanlovida esa diplomga sazovor bo’lgan (1997 yil).

Ma’lumot: XXI asr: istiqbolimiz timsollari. “O’zbekiston”. T.2001.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan