SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Nusxa olish aparati ixtiro qilingan kun
1938-10-22

Chester Karlson birinchi martta kserokopiya qildi.1938 yil 22 oktyabrda oltingugurt bilan qoplangan rux plastinka ustida statistik zaryad va plastinkani nurlanishi natijasida shishaga yozilgan so’zlar nur orqali oltingugurtsurtilgan qatlamga olib o’tildi. Yopishgan changchalardan “10-22-38 ASTORIA” so’zini  o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Ammo bu texnologiyani hayotga tadbiq etish ustida olib borilish ishlari ko’pga cho’zildi. 1947 yilda Rochester shahridagi uncha mashhur bo’lmagan “Xaloid” kompaniyasi Karlson ixtirosiga asoslangan holda kopirovka texnikasini takomillashtirdi. 2 yildan so’ng tarixda birinchi kopirovka  uskunasi turi sotuvga chiqarildi. Kopirovka texnologiyasini “kserografiya” - grekcha “kseros” (quruq) va “grafe” (yozaman) ma'nosini anglatadi. “Kserografiya”dan kompaniyaning yangi nomi “Xaloid” (Haloid) -1955 yildan, Britaniya firmalari “Renk Organizeyshen”bilan birlashgandan so’ng u “Renk Kseroks” deb nomlana boshladi, keyinchalik esa oddiy “Kseroks”ga aylandi. 1959 yili apparatning 914 sonli modeli chiqqandagina  haqiqiy mashhurlikka erishildi va bu yangilik tezda ommabop bo’ldi, “Kseroks” esa yuz millionlab dollarga ega bo’ldi. Kserografiya ixtirochisi hisoblangan Chester Karlson 1968 yilgacha yashagan. “Kseroks” dan tushgan 150 million dollar foydaning 100 millionini xayriya ishlariga sarf qilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan