
1908 yil 107 yil avval 29 yanvarda birinchi Rossiya aeroklubi tashkil etildi. Aholi o'rtasida havoda suzish g`oyalarini targ`ib qiluvchi, birinchi raqamli 1908 yil Sankt-Peterburgdagi “Vozduhoplavatel” jurnalida Vasiliy Kornning maqolasi chiqdi. 29 yanvar 1908 yil Sankt-Peterburgda Rossiya aeroklubi ta'sis etuvchilari yig`ilish o'tkazdilar. Yig`ilishda komissiya tashkil etilib, klub Nizomini ishlab chiqdilar. Nizomda ilmiy-tehnika, harbiy sport, olimlar va havaskorlar bilan Rossiya havoda suzish tashkilotining rivojlanishi uchun hamkorlik qilish belgilandi. 35 kishidan iborat tashkil etilgan sovet klubi umumiy yig`ilishda 5 yil muddatga 1908 yil noyabrda ta'sis etilgan. Barcha xususiy havoda suzuvchilar “Butunrossiya aeroklubi” nomi bilan faoliyat yuritishgan. 1909 yilda Nikolay II havo tashkilotiga rahnamolik qila boshlashi bilan, tashkilotga “Imperatorlik” so'zi qo'shildi. O'sha vaqtdayoq “Butunrossiya impetatorlik aeroklubi” xalqaro aviatsiya federasiyasiga a'zo bo'ldi. Dunyo bo'yicha Rossiya havoda suzish bo'yicha birinchilar qatoridan joy oldi. 1913 yil 9 sentyabrda uchuvchi Petr Nesterov uchuvchilik san'atiga ilk qadam qo'ydi, birinchi marta dunyoda “o'lim sirtmog`i”ni bajardi va uning nomi bilan ataldi.