SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chehov tavallud topgan kun
1860-01-29

Anton Pavlovich Chehov 1860 yil 29 yanvarda Taganrogda tug`ilgan. Taganrogda ugimnaziyada o'qirdi va otasiga baqqolik savdo do'konida yordamlashardi.  Gimnaziyani tugatganian so'ng u Moskva tibbiyot universitetiga o'qishga kirdi. U yashashi uchun “Antosha Chehonte” tahallusi ostida o'zining yumoristik asarlarini yozardi va pullardi. Keyinchalik ular “Rang-barang hikoyalar” va “Aybsiz so'zlar” nomli to'plamiga kiritilgan. Universitetni tugatganidan so'ng yozuvchi  katta adabiyot olamiga  kirib keldi. Uezd vrachi bo'lib ishlash bilan bir qatorda u o'zining ijodini gazetada nashr qildirardi.  1887 yilda bosilgan   “Qosh qoraygan payt” to'plami kitobhonlarda katta taassurot qoldirdi. Shu yilning o'zida uing “Ivanov” nomli p'esasi bosmadan chiqarildi. 1890 yilga borib Chehov o'quvchilarning obro'-e'tiborini qozondi. Uning asosiy mavzusi tub aholining muammolari bo'lardi. Uning yahshi ijodlaridan “g`ilofdagi odam”, “Palata №6”,  p'esalaridan ”Chayka”, “Vanya amaki”, “Uch opa-singil”, “Olcha bog`i” hisoblanadi. Bugungi kunda uning ijodi dunyo teatrlarida ko'plab muvaffaqiyat qozonmoqda.1892 yilda Chehov Melihovo nomini sotib oldi, ijodini davom ettirdi va vrachlik faoliyatini to'htatmagan qoldi o'troq aholiga yordam berdi. Shu yillarda u mamlakat bo'ylab safar qildi, 1898 yilda sog`lig`i yomonlashganligi sababli Yaltaga ko'chib bordi va u erda o'ziga  uy qurdi. Bu erda yozuvchilardan L. N. Tolstoy, M. Gorkiy, I. A. Bunin, A. I. Kuprin, I.I. Levitan bo'lgan. Lekin sil kasali Chehovni bezovta qila boshlagach u Germaniyaga ketdi. Lekin bu unga yordam bermadi va u 1904 yili 15 iyulda Germaniyaning Badenvayler shahrida olamdan o'tdi.  Moskvada u dafn qilindi. Buyuk yozuvchi A. P. Chehovning 150 yoshli  yubileyi 2010 yilda nishonlandi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan