
31 yanvar kuni Italiyada bo'ladigan Venetsiya karnavali dunyo bo'yicha juda katta voqea hisoblanadi. Har yili Venetsiyada bo'ladigan bal maskarad karnavali sayyoramiz bo'yicha eng qadimgi bayramlardan hisoblanadi.Bu bayram ikki hafta davom etadi, buyuk katolik ro'zasining birinchi haftasida tugaydi. Veneciya karnavali antik davrdagi 1094 yilga borib taqaladigan ko'p asrlik tarixga ega. Hosil yig`ishda ommaviy bayram tarzida o'tkaziladigan bu bayram Saturn xudosiga bag`ishlanadi. Qullarga o'z xo'jayinlari bilan birga bir dasturxonda o'tirish nasib etardi, bunda tabaqalanish vujudga kelmasligi uchun ularning hammasi yuzlariga niqob kiyishardi. Cherkov xodimlari bu bayramdan unumli foydalangan holda xristianlarni ro'zaga tayyorlab to'yib ovqatlantirishardi. Karnaval bayramida ham odamlarni tabaqalanishdan himoya qilgan holda yuzlarini niqob bilan berkitishgan. Venetsiya karnavali 18 asrda ko'p yutuqlarga ega bo'lgan, karnavalda kiyilgan kiyimlar moda olamiga kiritilgan. Shu yerdan niqob andazasini olish boshlangan, hozir bu niqoblar Venetsiya niqobi deb ataladi. Har bir qahramon o'zining xarakteriga mos niqob kiyadi. Bu karnaval shaharning Arlekino, Pero, Pantalon, Kolumbiya ko'chalari yorlig`i hisoblangan. 18 asr oxirida revolyutsiya sababli bu bayram tugatildi. Rim Papasining ruxsati va Federiko Fellini tashabbusi bilan 1979 yili 20 asr boshida bu bayram qayta tiklandi. Mashhur Per Karden 1996 yil bu karnavalga gimn yozdi. Hozirda bu karnaval bayrami dunyo sayyohlari e'tiboriga tushgan. Venetsiya o'zi juda chiroyli shahar, lekin bu karnavalda shahar o'zgacha tus oladi. Har yili yarim milliondan ko'p odamlar bu sehrli va romantik karnavalni tomosha qilgani keladilar. Bu karnaval bayramida o'ziga xos udumlar o'tkaziladi. Venetsiya qizlarini Istriya qaroqchilari o'g`irlashadi va ularni qutqarish marosimi bo'lib o'tadi. Osmonga varrakli qush uchiriladi va u osmonda yorilib odamlar ustiga konfetlar yog`iladi. Avliyo Marka maydonida ommaviy musiqalar,teatrlashtirilgan namoyishlar o'tkaziladi. Shaharni bu bayram qamrab oladi. Veneciya karnavali yana sehr-jodu bayrami hisoblanadi. Bolalar uchun San Polo maydonida maxsus karnaval o'tkaziladi. Shu birgina karnaval uchun 12 kun Venetsiya o'zining ko'chalari, ko'priklari va boshqa hamma yerlari bilan haqiqiy sahna ko'rinishini oladi. Bu sehrli karnavalda har kim qatnashishi mumkin. Karnaval poxoldan yasalgan tulumni San Marko maydonida yoqish marosimi bilan tugatiladi. Cherkov qo'ng`iroqlarining chalinishi buyuk ro'zani boshlanganini bildiradi.