SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Norvegiyaning poytaxti Oslo shahrida Tramplin kuni
1892-01-31

 1892 yil 31 yanvarda Oslo shahrining Holmenkollen tramplinida chang`i sporti musobaqasi bo'lib o'tdi. Dunyo bo'yicha birinchi tramplin Norvegiyaning poytaxti Oslo shahridagi Holmenkollen tramplini hisoblanadi. Birinchi chang`i sport turi musobaqasi 1892 yilda bo'lib o'tdi. O'sha vaqtda tramplin 60 metr balandlikni tashkil qilardi. Norvegiya chang`ichilari kim o'zarga tramplindan  ikkikurash chang`i sportini o'tkazishardi.O'sha va boshqa vaqtda bu sportda Sveyn Soleg degan sportchi g`olib bo'ldi. 10 ming tomoshabinning ko'z oldida u 21.5 metr balandlikdan sakradi. Keyinchalik tramplinni bir necha bor qayta qurildi-uzaytirildi,  minbarini kengaytirildi. Dunyo bo'yicha 1930 yil, 1966 yil, 1983 yillarda, 1952 yilda qishki olimpiada va 1986 yil, 2000 yillarda chang`i chempionati bo'lib o'tdi. Hozirgi kunda Holmenkollen tramplini dunyo bo'yicha zamonaviy, buyuk va mukammallashgan tramplinlardan biri hisoblanadi. U ajoyib po'lat va betondan ishlangan Sport saroyi qurilishini o'z ichiga qamrab oladi. Tramplinga liftda ko'tarilish mumkin va yo'lning tugallanishida 114 ta zinabilan ko'tarilish mumkin.  Tramplin yuqorisidan Oslo va Oslo-fьord shaharining ajoyib manzarasi ko'rinadi, asosan kechki payt  esda qolarli ko'rinish beradi. Holmenkolllenga kelgan turistlar albatta, 1923 yilda ochilgan  qadimgi chang`i Muzeyini  tomosha qiladilar. U erda 4000 yillik chang`i sporti tarixini so'zlovchi  muzey ekspoziciyasi bor. Holmenkollen  tramplini yilning 365 kuni ochiq turadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan