
26 dekabr Sevarа
Nazarxonova
1976 yili 23 dekabrda Andijon shahrida tavallud topgan. Sevara
Nazarxon iste'dodli yosh estrada xonandasi. “Nixol” mukofoti sohibi. Sevara Nazarxon Toshkent davlat
konservatoriyasida estrada musiqa
bo`yicha tahsil olgan. 1998 yildan buyon “Sideriz “ guruhi tarkibida estrada xonandasi sifatida turli tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi. 1998 yili Belorussiyasida
o`tkazilgan “Oltin
shlyager” tanlovida tomoshabinlarining maxsus mukofotiga sazavor bo`gan. Xonanda ijro etgan “Yur muxabbat”, “Millatlar”,
“Baxtimdan”, “Bog`
sayliga”, “Sumbula”, “O`r emasman”, “Yagonam o`zing” kabi qo`shiqlari yoshlar estrada san'atida yangi yo`nalish sifatida e'tirof etilgan. 1999 yili Bolgariyada
o`tkazilgan xalqaro “Diskaveri” tanlovida mutloq g`oliblikni qo`lga
kiritgan. Germaniyada esa uning qo`shiqlari kompakt-disk
shaklida chiqarilgan. Sevara Nazarxon o`z qo`shiqlari bilan milliy estrada
rivojiga hissa qo`shishga astoydil intilib kelyapti. Xonanda ijrosidagi
inson qadri, mehr-oqibat,
el-yurtga fidoiylik ulug`langan qo`shiqlar allaqachon muhlislar
qalbidan joy olgan.