SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272830   
“Setora “ guruxi xonandasi Komila Xo`jayeva tavallud topgan kun
1978-12-09

 “Setora” guruhi xonandasi Komila Xo`jayeva 1978 yil  9-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yosh istedodli xonanda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasida tahsil olgan. Guruh 2000 yili “Zamin” mukofoti sohibi bo`lgan. “Tarona-2000” ko`rik tanlovida “Eng yaxshi guruh” va “Sen borsan” qo`shig`i  bilan “Yilning eng yangi qo`shig`i” yo`nalishi bo`yicha g`olib chiqqan. “Tarona-2001” ko`rik tanlovida esa “Eng yaxshi albom uchun” yo`nalishi bo`yicha g`olib deb topilgan. Ular ijrosidagi inson qadri, mehr-oqibat, el-yurtga fidoiylik ulug`langan qo`shiqlar allaqachon muhlislar qalbidan joy olgan. “Setora” guruhining “Qora”, “Sen borsan” qo`shiqlar albomi mashhurdir. “Setora” guruhi Angliya, Xindiston, Rossiya, Nepal, Turkiya, Tojikiston, Qozog`iston va boshqa xorijiy mamlakatlarda o`z  qo`shiqlarini  san'at ixlosmandlari hukmiga havola qilgan, Rossiyalik mashhҳur Alla Pugachevaning konsert dasturida ishtirok etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan