Farg`ona vodiysining
Marg`ilon shahri aholisi Islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayxulislom Burhoniddin al Marg`inoniyning xijriy sana bo`yicha 910 yillik tavallud to`yiga tashrif
buyurgan mehmonlarni iliq kutib oldi. Mehmonlar Rishton
tumanidagi Dahbed
qishlog`iga Burhniddin al-Marg`inoniy hazratlarining ramziy xoki qo`yilgan “Sohibi Hidoya” ziyoratgohiga yo`l oldi (Arablar Marg`ilonni Marg`inon deb atashar edi).(Burhoniddin al Marg`inoniy
Samarqandda dafn etilgan). Tadbir ishtirokchilari Marg`ilonda musulmon
olamida hali ham eng yetakchi
darslik hisoblanmish “Hidoya”
asarining muallifi sharafiga qurilgan maqbarani ziyorat etdilar. Qadimiy Marg`ilon shahrida buyuk vatandoshimizning ilmiy va ijodiy merosiga bag`ishlab “Burhoniddin al-Marg`inoniyning jahon fani va madaniyati taraqqiyotida tutgan o`rni” mavzuida
xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman bo`lib o`tdi. Shahar markazida bunyod
etilgan yodgorlik majmuining ochilish
marosimi oldidan elga osh tortildi. Yurtboshimiz 1999 yil, 18
dekabrda Burhoniddin
al-Marg`inoniyning tavallud to`yini nishonlash, xotirasini tiklash haqida gapirgan edi.
Yurtboshimiz Burhoniddin al-Marg`inoniyning
avlodlariga qoldirgan
ulkan merosi, erishgan shon-shuhrati zamirida, avvalo, uning
ibratli hayoti, pok e'tiqodi, olijanob insoniy
fazilatlari mujassam ekanini
ta'kidladi. Shu sababli alloma
nafaqat ulomalar, balki
oddiy xalq orasida ham “Hidoyat yo`lining sorboni”deya katta
e'tibor topgan. O`tgan
ajdodlarimiz, ota-bobolarimizni eslash, ularning ruhi-poklarini shod etish xalqimizga xos ezgu fazilat,
xayrli va savobli ishdir. Burxoniddin
Marg`inoniy yashagan zamonlarda Movoraunnaxr zaminida
ilmu-fan gurkirab rivojlangan, jamiyat
taraqqiyoti uchun
islom huquqini to`g`ri anglash va amal qilish muhim ijtimoiy zaruratga aylangan
edi. Marg`inoniyning o`lmas merosi, xususan, “Hidoya”-“To`g`ri yo`l” deb atalgan kitobi,
sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida
eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e'tirof etib
kelinayotganligining boisi ham ana shunda.