SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochilgan kun
1883-10-22

1883 yil 22 oktyabrda Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochilgan kun. Dunyodagi eng katta teatrlardan biri- Metropoliten Оpera Sharl Gunoning “Faust” operasi bilan ochildi. Ochilgandan keyingi birinchi paytlarda Vagnerning operalariga ko’proq ahamiyat berilar edi, teatrning nemis truppasiga esa dirijyor Leopold Damrosh rahbarlik qilgan. Chorak asrdan so’ng, Artur Toskanin badiiy rahbarlik qilishni boshlagandan keyin, premyeralar ichida Gustav Malyerning “Pikovaya dama” operasi ijro etila boshlandi. “Metropoliten Opera”ning  eski binosida 1910 yillarda Djakoma Puchchinining “G’arblik qiz”, “Plash”, “Anjelika opa” va “Djanni Skiki” nomli asarlari ijro etila boshlagan. 1958 yilning oktyabr oyida Samyuel Barbaraning “Vanessa” operasining premyerasi bo’lib o’tgan, bu  mashhur musiqiy asar bo’lgani uchun  ko’pgina mukofotlarga sazovor bo’lgan.  20 asrning boshlarida “Meropoliten Opera”ni “La Skala” va Venadagi opera teatri bilan bir qatorda Milandagi jahonning yetuk opera sahnasi qatorida tan olishgan. Qisqartirilganda uni “Met” deb ham atashar edi. Teatr yil bo’y 7 oy ishlaydi: sentyabrdan to aprel oyiga qadar. Spektakllar har kuni bo’lib o’tadi. May oyidan to iyungacha teatr gastrol safarlarida bo’ladi. Undan tashqari, iyul oyida teatr Nyu-York istirohat bog’larida ko’p tomoshabin yig’ib ommaga bepul spektakllar namoyish qiladi. Teatr xor va orkestr jamoasi doimiy asnoda ishlaydi, dirijyor va yakkaxon ijrochilar kontrakt asosida yoki aynan tanlangan asar uchun taklif qilinadilar. Operalar an'anaviy holda sof original tilda ijro etiladi. Repertuar negizini jahon klassikasi tashkil etadi, ular qatorida rus kompozitorlari asarlari ham mavjuddir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan