SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
O‘zbek tilshunosi Fattoh Abdullaev tavallud topgan kun
1914-01-16

16 yanvar — o‘zbek tilshunosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Fattoh Abdullaev (1914-1985) tavallud kuni

Fattoh Abdullaev (1914.16.1,Jambul — 1985.11.9, Toshkent) — o‘zbek tilshunosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1984). Filologiya  fanlari doktori (1961), professor (1969), Leningrad  davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika  institutida (1939—44), Namangan davlat pedagogika institutitida (1944—47), O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutida (1947 — 50 va 1957 yillardan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950—56) ishlagan. Ilmiy ishlari o‘zbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, shuningdek badiiy nutq masalalariga bag‘ishlangan. Fattoh Abdullaev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini bergan («O‘zbek tilining Xorazm shevalari»).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan