SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O’zbekiston Milliy akademik drama teatri yangi binosi ochilish marosimi bo’lib o'tgan kun
0000-09-03

O’zbekiston Milliy akademik dram teatri jamoasi 3 sentyabr kuni o’zining yangi qurilgan muhtasham binosida ilk mavsumini  O’zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi  bilan boshladi.Vatanimiz mustaqilligining 10 yilligi arafasida o’zbek davlat akademik drama teatri yangi binosining ochilishi o’zbek madaniyati hayotida ulkan voqea bo’lgani uchun katta bayramga aylanib ketdi.Akademik teatrimiz o’zbek teatr san'atining eng yaxshi an'analarini o’zida mujassamlantirgan, yuksak pog’onalarga ko’targan, xalqimizga buyuk san'atkorlar yetkazib bergan muqaddas dargohdir. Teatrda jahon va o’zbek dramaturgiyasining o’nlab nodir namunalari sahnalashtirildi. Ularning aksariyati hali-hali san'at ixlosmandlari tomonidan maroq bilan eslanadi.Mazkur teatr nafaqat millliy san'atimiz, balki dunyodagi ko’plab teatrlarning mashhur rejissyor va aktyorlarini, teatrshunos va mutaxassislarni ham hayratda qoldirgan. O’zbek teatrining nomini butun dunyoga tanitgan bunday ijodkorlar xalqimizning va davlatimizning faxru iftixoriga aylangan. Biroq teatr san'atining ramzi bo’lgan ushbu teatr binosi juda ko’rimsiz bo’lib, zamonaviy talablarga javob bera olmasdi. Shuning uchun Prezidentimiz Islom Karimov otaxon teatr binosini butunlay qayta qurish tashabbusini ilgari surdi va ko’p o’tmay mahobatli, kishini aqlini shoshiradigan koshona bunyod etildi. Teаtrni qurilishida milliy va zamonaviy me'morchilikning eng yaxshi an'analaridan foydalanilgan. Mustaqillikning 10 yilligini nishonlash  arafasida 30 avgust kuni bu yangi san'at koshonasining ochilish marosimi bo’ldi. Marosim ochilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu teatrni bundan buyon “O’zbekiston Milliy akademik drama teatri “ deb atash to’g’risida taklif kiritdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan