SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Taniqli kinorejissyor Shuhrat Abbosov tavallud topgan kun
1931-01-16

       Shuhrat Abbosov

(1931)

 

Taniqli kinorejissyor  Shuhrat Abbosov 1931 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan.  1954 yilda Toshken  teatr va rassomlik san'ati institutining  rejissyorlik fakultetini,  1958 yilda “Mosfilm” kinostudiyasi qoshidagi Oliy rejissyorlik kursini tugatgan.

M. Uyg‘ur nomidagi Toshkent viloyat Yangiyo‘l musiqali drama   teatrida bosh rejissyor sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.

Sh. Abbosov B. Rahmonovning «Yurak sirlari», K. Yashinning «Nurxon», Hamzaning «Maysaraning ishi», A. Qahhorning «Og‘riq tishlar» va boshqa spektakllarni sahnalashtirdi.

Shuhrat Abbosov 1959 yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasida postanovkachi-rejissyor sifatida ish boshlab, «Mahallada duv-duv gap» (1960), «Sen yetim emassan» (1962), «Qalbingda quyosh» (1966), «Toshkent - non shahri» (1967), «Muhabbat mojarosi» (1971), «Abu Rayhon Beruniy» (ikki qismli tarixiy-biografik film, 1974), «Olovli yo‘llar», «Otamdan qolgan dalalar» (ikki qismli badiiy film, 1998) va boshqa filmlarni ekranlashtirdi. «Abu Rayhon Beruniy», «Muhabbat mojarosi», «Qalbingda quyosh», «Otamdan qolgan dalalar» filmlarining ssenariylarini yozishda ham muallif bo‘ldi. «Abu Rayhon Beruniy» filmi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining IV Xalqaro Toshkent kinofestivalida muvaffaqiyatli ravishda namoyish etildi va 1976 yilda Tehron kinofestivalida «Oltin delfin» sovrini bilan taqdirlangan bo‘lsa, VIII Butunittifoq kinofestivalida (1975) bosh mukofotga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, «Sen yetim emassan» filmi 1963 yilda Frankfurt-Mayneda bo‘lgan Xalqaro kinofestivalda, «Toshkent - non shahri» filmi esa 1968 yillar Olmaota kinofestivalida yaxshi rejissyorlik ishi va tasviriy san'at ko‘rinishlari uchun festival sovriniga sazovor bo‘ldi.

Shuhrat Abbosov ko‘p yillardan beri Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san'at institutida «Aktyorlik mahorati va rejissura» kafedrasi mudiri, insti-tutning badiiy rahbari vazifasida ishlab, ijodiy ish bilan pedagoglik kasbini mohirlik bilan olib borib, yosh iste'dodli san'atkorlarni tarbiyalab voyaga yetkaz-moqda.

Sermazmun va serqirra ijodi «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Sh. Abbosov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

 

Shokirov O’. O’zbek san’atkorlari .- T., 2010


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan