SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
AQSh yozuvchisi Uilyam Sidni Porter tavallud topgan kun
1862-09-11

O.Genri taxallusi bilan dunyoga mashhur bo’lgan Uilyam Sidni Porter 1862 yili 11 sentyabrda AQShning Shimoliy Karolina shtati Grinsboro shahrida dunyoga keladi. Uilyam uch yoshga kirganda onasi Meri Djeyn sil kasaliga chalinib, vafot etadi. Bola buvisi hamda befarzand xolasining qaramog’ida qoladi. Rafiqasinig vafotidan so’ng kasbi shifokorlik bo’lgan otasi ichkilikka berilib ketadi. Mehribon, beozor Porter doim uyiga xar xil jonivorlarni ko’tarib kelar, ularni parvarish qilardi. Yoshligidan yaqinlari, do’stlarining karikaturalarini chizishga moyillik paydo bo’ldi. O’n uch yoshidan Bill kitob olamiga sho’ng’ib ketadi. U kovboylar, dengiz qaroqchilari haqidagi romanlar, detektiv kitoblarni, ayniqsa zavq bilan mutolaa qiladi.Maktabni tamomlagach, Porter dorishunoslikka o’qib, amakisi qo’l ostida dori savdosi bilan shug’ullanadi. Kutilmaganda onasidan o’tgan sil alomatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Yigirma yoshli yigit sog’lig’ini tiklash uchun Texasga jo’nab ketadi. Uch yil davomida turli sohalarda o’zini sinab ko’radi. Amerikaga kelganidan keyingi 1910 yilgacha bo’lgan davrda yosh adibning 300 ga yaqin ixcham hikoyasi nashr etiladi. Porter kichik novella janrida ijod qiluvchi Amerikaning eng mashhur yozuvchisiga aylandi. 1885 yili Etol Estes ismli qiz bilan oila quradi va farzandli bo’ladi. 1894 yili uning ijod namunalari Ostindagi “Rolding Stoun” hajviy gazetasining har bir sonida nashr etiladi. Ammo bir yildan so’ng gazeta yopiladi. Shu davrda uning xotini ham sil kasalidan vafot etadi. Tibbiy bilimga ega ekanligi unga tutqunlik azoblardan qutulishiga yordam beradi. Yozuvchining umumiy ijod namunalari 18 jilddan iborat. “Qirollar va karam” (1904), “To’rt million” (1906), “Janub yuragi”, “Kesilgan chiroqlar” (1907), “Nafis poraxo’r”, “Shahar ovozi” (1908), “O’lchovlar”(1909) kabi asarlar jahoning ko’plab tilariga tarjima qilingan. O.Genri hikoyalari asosida 1952 yili suratga olingan “Qiziltanlilar sardori va boshqalar” filmi jahon kinomatografiyasining oltin fondidan munosib o’rin egallagan.  Yozuvchi vafotidan 8 yil o’tgach,O.Genri mukofoti ta'sis etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan