
Robert Byorns (1759.25.1-1796.21.7) shotlandlarning dunyoga mashhur shoiri. Har yili 25 yanvarda - Robert Byornsning tug’ilgan kuni Shotshndiyada milliy bayram sifatida nishonlanadi va katta ziyofatlar uyushtirilib, dasturxonga shoir tomonidan ulug’langan taomlar tortiladi. Ziyofat davomida shotland xalq kuylarining ohanglari ostida Byornsning she'rlari aytiladi va qo’shiqlari kuylanadi. Byorns Robert o’ziga xos she'riyat yaratgan, bunda mehnatni, xalqni, erkinlikni, beg’araz, fidoyi sevgi va do’stlikni ulug’lagan. «Shotlandlar uchun bryus» vatanparvarlik madhiyasi, «Quvnoq gadolar» kantatasi, fuqarolik va sevgi tarannum etilgan lirik she'rlar to’plami («Ozodlik daraxti», «Jon Arpa doni» va b.) muallifi. Byorns o’z ijodi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan shotland nasriy va musiqiy folklor namunalarini to’plab nashr ettirgan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.