SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Mashhur italyan aktyori Marchello Mastroyani tavallud topgan kun
1924-09-28

Mashhur italyan aktyori Marchello Mastroyani 1924 yil 28 sentyabrda tog’da Apennindagi Fontana-Liri qishlog’ida duradgorlik bilan kun ko’ruvchi Urbano xonadonida uchinchi farzand bo’lib dunyoga keldi. Oilasi juda qashshoq kun kechirgani bois Marchi o’n yoshida hunarmandlik bilim yurtini tushatishi hamono, akalari qatori ro’zg’or tashvishlariga ko’miladi. Qurilishda ishlaydi, hisobchilik bilan shug’ullanib ko’radi. Marchello yosh aktrisa, mashhur Etsio Korabelaning qizi Floraga uylanadi, va Barbara ismli farzandlari bo’ladi. Havaskorlar teatrida o’ralashibgina yurgan Marchelloning mashhur rejissyor Lukino Viskonti nazariga tushishi mo’'jiza bilan barobar edi. Viskonti tavsiyasiga ko’ra, u “elizeo” professional teatriga taklif etiladi. Uning debyut roli shunday muvaffaqiyatli chiqdiki, bu hol Mastroyannini o’z kelajagi haqida jiddiy o’ylashga majbur etadi. Butun vujudi bilan o’zini san'atga bag’ishlagan Marchelloni omad ham “suyib qarshi oladi”. Rejissyor Federiko bilan hamkorlik uning ijodi-yu shaxsiy hayotini keskin o’zgartirib yuboradi. Mazkur hamkorlikning ilk hosilasi sifatida yuzaga kelgan “Shirin hayot” filmi Marchello Mastroyannini butut Yevropaga tanitdi. Undan keyingi “Tun” filmidagi ijrosi uchun kino taqrizchilarning ko’pdan-ko’p e'tiroflariga sazovor bo’ladi. Navbatdagi ikki kartina “Italyancha ajrim” va “Shaxsiy hayot” qahramonimiz muxlislari sonini misli ko’rilmagani darajada ko’paytirgan  bo’lsa, “Italyancha nikoh”, “Kecha, bugun, erta” filmlaridagi rollari uchun Mastroyanni qator mukofotlar, xususan Britaniya kino akademiyasi sovrini sohibiga aylanadi. 1970-1980 yillarda aktyor yanada sermahsul ijod qiladi. Aktyor Kann kinofestivali sovrindori bo’ladi, nomzodi uch marotaba “Oskar” mukofotiga qo’yiladi. Marchello Mastroyanni umrining intihosida “So’nayotayotgan oylar” spektaklida yakkalanib qolgan keksa beva rolina ijro etadi. 1996 yilning 19 oktyabri, 72 yoshida Marchello Mastroyannining yuragi urishdan to’xtaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan