SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
AQShda yong’oqlar bayrami
0000-10-22

Har yili 22 oktyabrda Milliy yong’oqlar kuni bayrami nishonlanadi. Xalqaro yong’oqlar kuni-AQShda norasmiy bayram hisoblanadi va 22 oktyabrda nishonlanadi. Bayram yong’oqlarga bag’ishlanadi - yeyishli, mazali, foydali, shifobaxsh maxsulotga. Yong’oqda juda ko’p foydali oqsillar, vitaminlar, minerallar foydali yog’lar borligi sababli uni iste'mol qilish juda ham foydali hisoblanadi. Xalqaro yong’oqlar kunida tabiiyki yong’oqning o’zini va undan tayyorlangan turli mazali maxsulotlar yeyish maqsadga muvofiqdir. Shu kuni qandolatchilikda yong’oqning ishlatilish tarixi haqida ham ko’plab ma'lumotga ega bo’lish mumkin, shuningdek, taomlarda yong’oq ishlatishning o’ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli narsalarni bilib olish mumkin, chunki aynan shu kuni shahar ko’chalarida yong’oq sotuvchilar turli reklama aksiyalari o’tkazadilar. Xalqaro yong’oqlar kuni amerikaliklar bayrami hisoblanadi, ammo boshqa yurtlarda ham bu bayramni o’tkazishga bo’lgan qiziqish borgan sayin oshib bormoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ham bu bayram nishonlanmoqda va u Liberation Foods (CIC)- yong’oq ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bizda O’zbekistonda ham yong’oq juda mazali va foydali maxsulot hisoblanadi. U miya faoliyatini rivojlantirish va eslab qolish xususiyatiga ega bo’lgani uchun xalq orasida keng iste'mol qilinadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan