SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
Ingliz yozuvchisi Jozef Redyard Kipling tavallud topgan kun
1865-12-30

Ingliz shoiri va yozuvchisi Jozef  Redyard Kipling 1865 yilning 30 dekabr kuni Bombey shahridagi San'at maktabining  direktori, professor  Jon Lokvud va Alisa Kiplinglar oilasida tavallud topgan. Redyarning otasi kasbiga  ko`ra haykaltarosh va bezakchi edi, onasi esa mahalliy jurnallarga  maqollar yozib turardi. Kipling olti yoshga yetgach, Hindistonda yashaydigan  inglizlarning o`sha davrdagi  mavjud an'anasiga ko`ra, singlisi bilan Angliyaga  o`qishga yuboriladi.  Ular xususiy pansionda yashashar, bayram kunlari esa tog`asi, rassom Eduard Bern Jonslarnikiga borishardi. Bolaligida pansion xo`jayini tomonidan  qanchalar siquvga olingani Kiplingning 1988 yilda chiqqan “Qop qora  yuvosh odam” hikoyasida, shuningdek, 1890 yilda e'lon qilingan “Chiroq o`chdi” romani hamda 1937 yilda chiqqan “Tarjimai hol” ida o`z ifodasini topgan. 1978 yilda bo`lajak shoir Devondagi  o`quv yurtiga jo`natiladi. Bu bilim yurtida zobitlarning bolalari nufuzli harbiy akademiyalariga o`qishga  kirish uchun tayyorlanadi. U direktor  Bern Jons, shuningdek, Uilyam Morislar ishtirok etadigan estetika to`garagiga a'zo bo`lgan edi. Boshida Jozef bu yerdagi talabalarning urishqoqligidan zada bo`lgan bo`lsa, keyinroq bilim yurti unga yoqib qoladi. U bu haqida 1899 yilda e'lon qilgan “Po`latchilar va K” hikoyalar to`plamida batafsil yozgan.  Bu o`quv  dargohi Oksford yoki kembrij universitetlariga kirish uchun yўllanma bermas, boz ustiga Kiplingning ko`zi yaxshi ko`rmasligi uning harbiy akademiyalarda tahsil olishiga imkon bermasdi. Oqibatda, bo`lajak shoir shu yerda tahsilni tugatishiga to`g`ri keladi.  Jozefning ish faoliyatida, shuningdek, uning ingliz-hind jamiyati bilan yaqin hamkorligida bolaligida o`rgangan hind tili nihoyatda qo`l keladi. U gazeta uchun muntazam she'r va hikoyalar yozib berardi.  Kiplingning  birinchi  she'riy to`plami-“Departament qo`shiqlari” kitobi  esa 1886 yilda chop etilgan. Kitob juda oz nusxada  nashr etilganidanmi, juda tez tarqab ketadi va o`sha yilning o`zidayoq uni qayta nashr etishadi. “Tog`lardan oddiy hikoyalar” deb nomlangan to`plami 1888 yilda e'lon qilinadi.  “Hindiston temir yo`llari kutubhonasi”  uchun  Kirling 1887-1889 yillarda  beshta qisqa hikoyalar to`plamlarini tayyorlaydi.  1889 yilda Kipling Angliyaga  qaytar ekan, Ollohoboddagi mahalliy gazeta bilan yo`l ocherklari yozishga shartnoma tuzadi.  Adib ota yurtida mashhurlikka erishardi. Uning “Hindiston temir yo`llari kutubxonasi “  turkumi uchun yozgan to`plamlari Angliyada 1890 yilda nashrdan chiqadi  va tanqidchilar uni  olqishlar bilan qarshi oladilar. Kipling Londonda amerikalik  noshir  Uolkott Beylstir bilan xamkorlikda ijod qila boshlaydi. Beylstir 1892 yilda terlama kasalligidan  vafot etgach, Kipling uning singlisi Karolinaga uylanadi. Shu yili  bosmadan  chiqqan to`plamiga shoirning mashxur she'rlaridan “Mandaley” ham kiritilgan edi. Yosh oila  Brattlboroga ko`chib kelgach, ular ikki farzandli bo`lishadi. Vermontga shoir ikki tomlik she'r va hikoyalar to`plami “Behisob ermaklar” va “Yetti qirg`in” kitoblarini chiqaradi. 1897 yilda olam yuzini ko`rgan “Jasur dengiz sayyohlari” kitobi Angliya baliqchilariga bag`ishlangan. 1902 yilda Jozef Susseks grafligidan hovli sotib oladi va umrining oxirigacha shu yerda  istiqomat qiladi. “Ana shular haqidagi  ertaklar” va “ Prostakovo tepaligidagi pari” asarlari shu yili paydo bo`lgan bo`lsa, bolalar uchun qadimgi Angliya tarixidan hikoya qiluvchi to`plami 1906 yilda chiqqan. 1915 yilga kelib adibni bezovta qila boshlagan  oshqozon kasalligi oxir-oqibat yaraga aylanadi va 1936 yilda u ichakka qon quyilishi oqibatida olamdan ko`z yumadi. Kipling Vestminister abbatligidagi shoirlar burchagiga dafn etiladi. Uning “O`zim haqimda ba'zi narsalar” nomli tarjimai hol  asari vafotidan keyin bir yil o`tib olam yuzini ko`radi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan