SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Ispan shoiri Xuan Ramon Ximenes tavallud topgan kun
1881-12-31

Ispan shoiri Xuan Ramon Ximenes 1881 yil 23 dekabr kuni Andalusiyadagi  Moger deb ataladigan kichik  shaharchada tavallud topgan. Xuanning otasi Viktor Ximenes  bankda ishlar, onasi Purifikason  Mantekon-i Lopes Pareyro uning ikkinchi xotini edi. Kadisdagi  iyeuzitlar maktabini  tamomlagach, bo`lajak shoir Sevil universitetida  huquqshunoslikka o`qiy boshlaydi. Ammo Xuan amalda huquqdan ko`ra, musavvirlik va she'r o`qish  hamda yozishga  ko`proq  qiziqardi. Madriddagi  “Yangi hayot” jurnalida she'rlari ilk bor chop etilgan vaqtda Ximenes 17 yoshda edi. Bu she'rlar o`sha paytdagi bir qator taniqli  ispanzabon shoirlar, shu jumladan, nikaragualik ijodkor  Ruben Dario, Xuanning vatandoshi  bo`lgan  Fransisko Vilspeslar  e'tiboriga tushadi. Ular bir ovozdan Ximenesga Madridga kochib kelishini tavsiya etishadi. Ularning maslahatlariga quloq tutgan yosh shoir huquqshunoslik borasida hafsalasizlik bilan boshlagan ishlarini tashlab, Madridga keladi va ikkita modernizm yo`nalishidagi nufuzli jurnal -“Gelios” va “Tiklanish”ning tashkil etilishiga faol ishtirok etadi. Ximenesning dastlabki she'riy kitoblari “Binafsha” hamda “Nilufar” edi. Boshqa  jihatlari bilan birga bu to`plamga kirgan she'rlarga xos bo`lgan tabiat obrazlari shoirning ijodi uchun ham xarakterli  bo`lib qoladi.  1902 yilda Madridga qaytgan Xuan bu yerda pishiq-puxta asarlar yaratgan. Ular “Rifmlar” (1902),  “G’amgin ohanglar” (1903), “Olisdagi bog`lar” (1904) va “Pastorallar” (1905) to`plamlaridan joy oladi. Mazkur kitoblarga  kirgan she'rlar moderizm she'riyatiga xos bo`lgan chorasizlik  kayfiyati bilan ajralib turadi. Ammo, shu bilan ularda o`ziga xos nafis, musiqiy va shoirona ovoz bor edi. Ximenes 1912 yilda Madridga qaytib, shahardagi talabalar qarorgohiga joylashadi va amerikalik Zenobiya Kamprubi bilan birgalikda Robin Dronat Tagor she'rlarini tarjima qila boshlaydi. “Yoz mavsumi” (1915)to`plamiga kirgan ishqiy romantik kayfiyatdagi she'rlarini shoir aynan Kamprubiga  bag`ishlangan. 1956 yilda, xotinidan  endigina judo bo`lgan Ximenes “ispan poeziyasidagi oliy ma'naviyat va badiiy soflikning namunasi bo`lgan lirik she'riyati  uchun” adabiyot sohasidagi Nobel mukofati bilan taqdirlanadi. Yalmar Gulberg, shu davrda  akademiya a'zosi, o`zining tabrik so`zida  “Xuan Ramon Ximenesning  xizmatlarini munosib baholash bilan birga Shvetsiya akademiyasi bu bilan buyuk ispan adabiyotining butun bir davriga ham o`z e'tirofini bildirayotgani”ni ta'qidlaydi. Agar uning yordami, ilhombaxsh ishtiroki bo`lmaganida qirq yil davomida mehnat qila olmagan bo`lar edim. Hozirda usiz yolg`iz va ilojsizman... Ximenes aslida ham rafiqasining vafotidan keyin o`ziga kela olmaydi va oradan ikki yil o`tgach, 76 yoshida olamdan ko`z yumadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan