
94 yil avval 1921 yil 31 yanvarda MAITUning binosi tashkil topgan kun. Ko'pgina bilim olish maskanlari ilmiy-izlanish markazi nomi uchun da'vo qilganlar. Ulardan biri MAITU (Moskva axborot va informatika texnika universiteti.)dir. Bu o'quv muassasasi 700 ga yaqin o'qituvchilar (fan nomzodlari, dotsentlar va professorlar)ni va yuqori darajadagi aloqa mutaxassislarini tayyorlov va qayta tayyorlovni o'z ichiga oladi. Chet el mutaxassislarini tayyorlashni amalga oshiradi. 82ta davlat va Rossiyaning mingta eshituvchilari universitetda tajriba oshirishlari mumkin. MAITU o'zining faoliyatini 1921 yil 31 yanvarda boshlagan. 1938 yildan 1946 yilgacha universitet Moskva texnika-injener aloqalar akademiyasi nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik esa Moskva elektrotexnika instituti deb atalgan. 1988 yilda universitetni kattalashtirish boshlandi. 1992 yilda uchta yetakchi, Moskva elektrotexnika va aloqa instituti, Moskva rahbarlar malakasini oshirish institutining birlashtirilishi va Rossiya rahbarlarining roziligi bilan MAITU nomi bilan atala boshlandi. Hozirgi kunda Moskva axborot va informatika texnika universiteti dunyo bo'yicha yetakchi o'quv muassasalaridan biri hisoblanadi.