SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8911121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Bank Moliya Akademiyasi tashkil etilgan kun
1966-05-02

1966 yil 2 mayda Toshkent shahrida  iqtisodiyot sohasida magistrlar tayyorlovchi O’zbekiston Respublikasi Banklar uyushmasiga qarashli oliy o’quv yurti tashkil etildi. Bank Moliya Akademiyasi Respublika bank-moliya tizimi uchun jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan. Bank Moliya Akademiyasida bank ishi, moliya, soliq va soliqqa tortish, bank-moliya xodimlarining malaka oshirish  fakultetlari mavjud. Akademiyaga ikki yillik amaliy ish stajiga ega bo’lgan bakalavr mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi. 1997-98 yillarda akademiyaga 153 kishi qabul qilingan. Bank milliy akademiyasi tarkibidagi Ilmiy markazda O’zbekiston respublikasi bank ishi va pul tizimini rivojlantirish, respublika umumiy va mintaqaviy moliya bozorini kompleks va uygun rivojlantirish hamda uni xalqaro moliya bozori mexanizimining huquqiy va me'yoriy asoslarini takomillashtirish yo’nalishlarida nazariy va amaliy ahamiyatga molik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Bank milliy akademiyasi kutubxonasida 20 ming jildan iborat nodir asarlar mavjud (1998). Bank milliy akademiyasida xalqaro “Reyter” axborot tizimiga boglangan. Bank milliy akademiyasi xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar. Yirik banklar. Moliya kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari bilan aloqa o’rnatilgan, ularning taniqli mutaxassislari bank moliya akademiyasida dars berish uchun jalb qilinadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan